O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

YXHT Bosh kotibi bugungi dunyo oldidagi global muammoga e’tibor qaratdi

2018-06-11 | Jamiyat

“Terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmning oldini olish hamda ularga qarshi kurashishda yoshlarning roli” mavzuida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro konferensiyada Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Tomas Greminger bugungi dunyo oldidagi global muammoga e’tibor qaratdi.

– Butun dunyoni, shu jumladan, Markaziy Osiyoni ham xavotirga solayotgan tajovuzkor terrorizmga olib keluvchi ekstremizm va radikalizmda yoshlar faol ishtirok etayotgani global muammodir. Bu muammoga hech kim befarq qarab turolmaydi, jumladan, biz ham. Bunda yoshlarning o‘zi harakatlantiruvchi kuch bo‘layotganini alohida ta’kidlash joiz.
 
Chunonchi, 2017-yilda 15 nafar yoshlar tajovuzkor ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashish borasida o‘z tavsiyalarini ishlab chiqib, Venada bo‘lib o‘tgan konferensiyada taqdim etgan edi. Yoshlarning bu intilishlarini qo‘llab-quvvatlash va ularda tajovuzkor ekstremizm va radikalizmga qarshi immunitet hosil qilishda aynan ularning faol bo‘lishi quvonarli, albatta.
 
Toshkentda o‘tkazilayotgan xalqaro konfenrensiya bu borada yangi tashabbuslarni kashf etish va ularni rag‘batlantirishda muhim imkoniyat yaratadi.Chunki ushbu konferensiyaning asosiy maqsadi yoshlarni faollikka chaqirishdir.
 

Dilobar MAMATOVA, O‘zA

Поделиться