O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Fuqarolar va yuridik shaxslarga Konstitutsiyaviy sudga masala kiritish huquqi berilmoqda

2019-05-27 | Jamiyat

Adliya vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilib, www.regulation.gov.uz portaliga umummuhokama uchun joylashtirildi.

Loyihada o‘zining konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjat bilan buzilgan deb hisoblovchi har qanday shaxsga Konstitutsiyaviy sudga shikoyat qilish mumkinligi nazarda tutilmoqda. Bunda, murojaatchi shaxsan o‘zi yoki vakili orqali Konstitutsiyaviy sud majlisida ishtirok etishi mumkin.

Shuningdek, davlat organlari yoki ularning mansabdor shaxslari tomonidan g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar sodir etilishi yoxud ular tomonidan qonun hujjatlariga nomuvofiq bo‘lgan hujjat chiqarilishi natijasida shaxslarga zarar yetkazilsa, ushbu zarar davlat organining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan to‘lanishi belgilanmoqda.

Zararni qoplash uchun mablag‘ yetarli bo‘lmagan yoxud davlat organining byudjetdan tashqari mablag‘lari mavjud bo‘lmagan hollardagina zarar O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanishi mumkin bo‘ladi.

Xalqaro tajriba o‘rganilganda, fuqarolar va yuridik shaxslarning Konstitutsiyaviy sudga masala kiritish (shikoyat qilish) amaliyoti xorijiy davlatlar, xususan, Belgiya, Ispaniya, Germaniya, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston va boshqa davlatlarda mavjudligini ko‘rish mumkin.

Qonun loyihasining qabul qilinishi kelgusida inson huquq va erkinliklari kafolatlarini ta’minlashga, jumladan, ularning Konstitutsiya bilan belgilab qo‘yilgan huquqlarini to‘laqonli himoya qilinishiga erishiladi.

Поделиться