O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekistonning Italiyadagi Elchixonasi axboroti
2019-05-23 | Jamiyat
O‘zbekistonning Rim shahridagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2019-yilning 22-may kuni Florensiyadan Sienaga (Italiya) borish yo‘lida ichida turistlar bo‘lgan avtobusning halokatga uchrashi natijasida jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q.
Elchixona Italiya TIV va boshqa davlat tuzilmalari bilan aloqada bo‘lib turibdi.
Shu bilan birga Konsullik-huquqiy departamenti Italiya, Vatikan, Malta va San-Marino hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda mamlakatimizning Rim shahridagi Elchixonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +39-06-878-60-310.