Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Mustaqillik va ezgulik monumentiga gul qo‘ydi
Mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi.
Oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi – Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.
Frank-Valter Shtaynmayerga Mustaqillik maydonining me’moriy yechimi va g‘oyaviy mazmun-mohiyati haqida so‘zlab berildi.
Germaniya Prezidenti O‘zbekistonning tinchlikparvar siyosati va o‘zbek xalqining tarixiy yutug‘i, bag‘rikengligini o‘zida aks ettirgan mazkur majmua tarixiy ahamiyati qadrli ekanini ta’kidladi.