O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Farzand tarbiyasiga yetarli eʼtibor qaratmagan ota-onalar jarimaga tortildi

2019-05-23 | Jamiyat

Xalq taʼlimi vazirligining Huquqiy-nazorat xizmati tomonidan Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 17-umumtaʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchisi L.M va 10-sinf oʻquvchisi S.A oʻrtasida yuz bergan nizoli holat oʻrganib chiqildi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 13 aprelida L.M va S.A oʻrtasidagi janjalni shu maktabning 9-sinf oʻquvchisi Sh.Sh uyali telefoni orqali tasvirga olgan hamda videotasmani telegramm ijtimoiy tarmogʻidagi “Doʻstlar” guruhiga, shuningdek, “Gonzo” akkauntiga instagramga tashlagan.

Mazkur holat 26 aprel kuni Mirzo Ulugʻbek tumani IIB Voyaga yetmagan ishlar boʻyicha idoralararo komissiya tomonidan koʻrib chiqilgan. L.M.ning ota-onasi farzand tarbiyasiga yetarli darajada eʼtibor bermagani uchun MJtKning 47-moddasi 1-qismiga asosan eng kam oylik ish haqining bir baravariga, yaʼni 202 730 soʻm jarimaga tortilgan.

XTVning Huquqiy-nazorat xizmati tekshiruvi natijasida maktab direktori tomonidan janjalning boshqa ishtirokchilarini hisobotdan yashirgani, tuman va shahar XTB hamda IIBga xabar berilmagani aniqlandi. Xizmatning bevosita aralashuvidan soʻng ushbu holat yuzasidan qoʻshimcha hujjatlar rasmiylashtirilib, 2019 yilning 1 may kuni Shayxontohur va Mirzo Ulugʻbek tumanlari IIB Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyasiga yuborildi.

Ushbu hujjatlar 2 may kuni Shayxontohur tumani Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyasi tomonidan koʻrib chiqildi. 10-sinf oʻquvchisi S.A.ning ota-onasi farzand tarbiyasiga befarqligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi 1-qismiga asosan eng kam ish haqining ikki barobari, yaʼni 405 460 soʻm miqdorida jarimaga tortildi.

Bundan tashqari, tegishli hujjatlar asosida joriy yilning 10 may kuni Mirzo Ulugʻbek tumani Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyasi 9-sinf oʻquvchisi Sh.Sh.ning ota-onasi farzand tarbiyasiga befarq boʻlganligi va Vazirlar Mahkamasining 139-sonli Qarorida belgilangan maktab hududida mobil telefondan foydalanish qoidalarini buzganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi 1-qismiga asosan eng kam oylik ish haqining uch barobari, yaʼni 608 190 soʻm miqdorida jarimaga tortildi.

Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi hamda “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonunlar talablariga qatʼiy amal qilinishida taʼlim muassasasida oʻquvchilar tomonidan huquqbuzarlikni sodir etilishining oldini olishga yetarli darajada eʼtibor qaratmaganliklari, oʻquvchilar axloqi ustidan nazoratni susaytirganliklari uchun maktab direktori hamda oʻrinbosarlariga Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 181-moddasi 1-bandiga muvofiq “hayfsan” eʼlon qilindi.

Поделиться