O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kursantlar zirhli texnikalarda ko‘ngli o‘ksik bolajonlarni o‘zgacha tabriklashdi

2019-06-01 | Jamiyat

1-iyun kuni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti harbiy xizmatchilari Chirchiq shahrida joylashgan 14-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanvuchilari holidan xabar olib, ularni o‘zgacha usulda bayram bilan muborakbod etishdi.

Qalbi zavqu shavqqa to‘lgan Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari mehmonlarni xursandchilik kayfiyati bilan kutib olishdi.

Harbiy xizmatchilar Mehribonlik uyiga harbiy texnikalarda kirib borganda bolajonlarning yuzida hayrat va quvonch hissi paydo bo‘ldi. Ko‘ngli yarim bolajonlar harbiy texnika va jangovar qurollar bilan tanishib, o‘z qo‘llari bilan ularni ushlab ko‘rdilar.

Bolalar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi mehmonlar ko‘nglida unutilmas iz qoldirgan bo‘lsa, harbiylar tomonidan 108 nafar turli yoshdagi o‘g‘il-qizlarga tarqatilgan kitoblar va turfa sovg‘alar haqiqiy bayram sovg‘asiga aylandi.

Tashrif so‘ngida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining aksariyat qismi kelajakda, albatta, harbiy bo‘lib O‘zbekiston Respublikasiga xizmat qilaman degan fikrni bildirdilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

Поделиться