O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ekologiya

Samarqandda yovvoyi hayvonlarning ko'chib yuruvchi turlarini saqlashga doir konvensiyasi Tomonlar konferensiyasining 14-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

04.07.2023EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

2023-yilning 20-iyun kuni Berlinda O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov hamda BMT Yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini saqlashga doir  konvensiyasi (CMS konvensiyasi) Ijrochi kotibi E. Frenkel o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Markaziy Osiyoda iqlim oʻzgarishi va xavfsizlik boʻyicha mintaqaviy hamkorlikni faollashtirish masalasi muhokama qilindi

22.06.2023EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Joriy yilning 20–21-iyun kunlari Toshkentda Markaziy Osiyoda iqlim oʻzgarishi va xavfsizlik boʻyicha mintaqaviy hamkorlikni faollashtirishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi. 

Yongʼinlar xavfini bartaraf etish muhokama qilindi

13.06.2023EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʼzgarishi vaziri Аziz Аbduhakimov raisligida videokonferensaloqa shaklida yigʼilish boʼlib oʼtdi. 

Ekologiya vazirligi delegatsiyasi Ostona shahrida boʻlib oʻtgan "ECOJER: Carbon neytrality Pathways" xalqaro kongressida ishtirok etdi

07.06.2023EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

2023-yilning 1–3-iyun kunlari O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov boshchiligidagi delegatsiya Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan ECOJER: Karbon neytralligi yo‘llari 3-xalqaro kongressida ishtirok etdi.

Aziz Abduhakimov Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi qoshida Yoshlar ekologik kengashini tashkil etishni taklif qildi

02.06.2023EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oliy Majlisning Bolalar huquqlari bo‘yicha vakili, nodavlat notijorat tashkilotlari, BMT tizimi vakillari bilan yoshlar o‘rtasida samarali muloqot bo‘lib o‘tdi.

UNESCO bilan ekologik ta’lim va tabiiy merosni boshqarish sohasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanadi

24.05.2023EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov UNESCO tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi bilan uchrashdi.

Tabiat resurslari vazirligi delegatsiyasi Dushanbedagi xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda

17.05.2023EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Tojikistonning Dushanbe shahrida Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Markaziy Osiyo konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Xalqaro tadbirda Tabiat resurslari vazirligi tomonidan Vazir kotibiyati rahbari Qadamboy Saitov boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etmoqda.

BMT bosh qarorgohida Aziz Abduhakimov va BMT Iqtisodiy va Ijtimoiy kengashi prezidenti Lachezara Stoeva o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

12.05.2023EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti iqtisodiy va ijtimoiy Kengashi (EKOSOC) Prezidenti Lachezara Stoyeva bilan uchrashdi.

BMT Orolbo‘yida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi

11.05.2023EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

O‘zbekiston delegatsiyasining AQShga rasmiy tashrifi doirasida Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov BMT Bosh kotibi yordamchisi, BMT Taraqqiyot dasturining (BMTTD) Yevropa va MDH boʻyicha byurosi direktori I. Zivkovich va BMTTDning Tabiat, iqlim va energetika boʻyicha direktori P. Kurukulasuriya bilan uchrashdi.

O‘zbekiston BMTning o‘rmonlar bo‘yicha forumida qatnashmoqda

11.05.2023EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

AQSHning Nyu-York shahrida BMT o‘rmonlar bo‘yicha forumining 18-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekistonning 4-obyekti xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan Ramsar suv-botqoq yerlari ro‘yxatiga kiritildi

07.05.2023EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

O‘zbekiston delegatsiyasining Shveytsariyaga rasmiy tashrifi doirasida Sudochye ko‘li xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan Ramsar suv-botqoq yerlar ro‘yxatiga kiritildi.

Shveytsariyada Oʻzbekistonda xavfli chiqindilarni boshqarishda xalqaro standartlarni joriy etish masalasi muhokama qilindi

03.05.2023EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

1-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov boshchiligidagi delegatsiya Shveytsariyaning Jeneva shahrida o‘tkazilgan Bazel, Rotterdam va Stokgolm konvensiyalari Tomonlar konferensiyasi ochilish marosimida ishtirok etdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi oʻrinbosari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

28.04.2023EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Tabiat resurslari vazirligida Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov va BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibi Olga Algayerova o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston BMTning biologik xilma-xillik global dasturini qo‘llab-quvvatlaydi

13.04.2023EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

2023-yil 12-aprel kuni Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Markaziy Eko bog‘ida Global ekologik jamg‘armasi (GEF)ning grant mablag‘lari hisobiga O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida amalga oshiriladigan Bioxilma-xillik bo‘yicha global dasturini erta qo‘llab-quvvatlash (GBF-EАS) qo‘shma loyihasining boshlang‘ich yig‘ilishi tashkil etildi.

Chiqindilarni kompleks boshqarishda raqamli yondashuv masalasi muhokama qilindi

07.04.2023EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligida yurtimizning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasi ko‘magida BAA va Yaqin Sharqdagi yetakchi kompaniya – “Beeah Group” bilan videomuloqot o‘tkazildi.

O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligi hamda Shvetsiya Dengiz va suv resurslarini boshqarish agentligi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik yana-da rivojlanadi

03.04.2023EkologiyaManba: “Dunyo” axborot agentligi

Mamlakatimizning Shvetsiya Qirolligidagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va Shvetsiya Dengiz va suv resurslarini boshqarish agentligi o‘rtasida Shvetsiya TIV hamda ikkala davlat ekspertlari ishtirokida  suv resurslarini boshqarish, tejash va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish mavzusida onlayn seminar o‘tkazildi.

Toshkentda mehmonxona xizmatlarini ekosertifikatsiyalash masalalari muhokama qilindi

28.03.2023EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Mehmonxona xizmatlarini ekosertifikatsiyalashga doir xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.

Hamkorlik istiqbollari muhokama etildi

25.03.2023EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduxakimov va Yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir konvensiyaning Ijrochi kotibi Emi Frankel xonim oʻrtasida onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Orolbuyi mintaqasining ekologik tizimini tiklash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar Londonda o‘tkazilgan xalqaro anjumanda eʼtirof etildi

24.03.2023EkologiyaManba: “Dunyo” axborot agentligi

Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti huzuridagi Sayg‘oqni muhofaza qilish alyansi (Saiga Conservation Alliance - SCA) tomonidan «Markaziy osiyo dashtlarida yovvoyi tabiatni saqlash» mavzusida konferensiya o‘tkazildi.

Koreya Respublikasi bilan ekologiya sohasida sarmoyaviy hamkorlik muhokama qilindi

28.01.2023EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Koreya Respublikasi atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri o‘rinbosari Yu Chje Chol bilan ekologiya sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilishga bag‘ishlangan muzokaralar o‘tkazildi.