O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hamkorlik istiqbollari muhokama etildi

2023-03-25 | Ekologiya

Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduxakimov va Yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir konvensiyaning Ijrochi kotibi Emi Frankel xonim oʻrtasida onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda joriy yil 23-28-oktyabr kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtishi rejalashtirilayotgan BMT Yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi konvensiyasining 14-tomonlar konferensiyasi (CMS COP-14)ni yuqori saviyada tashkil etish bilan bogʻliq jarayonlar muhokama etilib, mazkur konferensiyaga BMTning ekologiya va atrof-muhit masalalari bilan shugʻullanuvchi tashkilot va tuzilmalari ishtirokini taʼminlashda hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi.

Maʼlumot uchun: BMTning yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini saqlash toʻgʻrisidagi konvensiyasi (Bonn konvensiyasi yoki CМS konvensiyasi) 1979-yilda Bonnda qabul qilingan va 1983-yilda kuchga kirgan. Bu global miqyosda yovvoyi tabiat va hayvonlarning yashash joylarini saqlashga qaratilgan BMTning Atrof-muhit boʻyicha dasturi (UNEP) doirasida tuzilgan xalqaro shartnomadir.

Oʻzbekiston 1998-yilda Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi boʻlib ushbu konvensiyaga qoʻshildi va saygʻoq, qor qoploni, buxoro bugʻusi, arxar, qulon, jayron, flamingo, oq turna (sterx)  va boshqa noyob koʻchib yuruvchi hayvonlar va qushlar turlarini saqlashga katta hissa qoʻshmoqda.

Uchrashuvda mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, bioxilmaxillikning noyob turlarini saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ham atroflicha maʼlumot berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Поделиться