O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yongʼinlar xavfini bartaraf etish muhokama qilindi
2023-06-13 | Ekologiya
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʼzgarishi vaziri Аziz Аbduhakimov raisligida videokonferensaloqa shaklida yigʼilish boʼlib oʼtdi.
Yigʼilishda vazirlik, vazirlik huzuridagi Oʼrmon xoʼjaligi agentligi, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari masʼullari hamda hududlardagi davlat oʼrmon xoʼjaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
Yigʼilishda mamlakatimizdagi mavjud muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va oʼrmonzorlarda yozning issiq ob-havo sharoitida yongʼin holatlarining oldini olish masalalari muhokama qilindi.
Yigʼilishda mamlakatimizda mavjud muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va oʼrmonzorlarda yongʼin kelib chiqishining oldini olish, buning uchun hududlarda doimiy ravishda monitoring ishlarini olib borish, tegishli masʼullarning ishga boʼlgan munosabati va ogohligini oshirish hamda bu borada hududlarda bajarilishi lozim boʼlgan chora-tadbirlarni tizimli amalga oshirish masalalari koʼrib chiqildi.
Shuningdek, yongʼinlar xavfini bartaraf etishda targʼibot-tashviqot ishlaridan samarali foydalanish, mavjud muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va davlat oʼrmon xoʼjaliklari hududlarida ogohlanlantirish belgilari, turli koʼrgazmali targʼibot materiallarini oʼrnatish kabi masalalar yuzasidan masʼullarga topshiriq va koʼrsatmalar berildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi