O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligi hamda Shvetsiya Dengiz va suv resurslarini boshqarish agentligi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik yana-da rivojlanadi

2023-04-03 | Ekologiya

Mamlakatimizning Shvetsiya Qirolligidagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va Shvetsiya Dengiz va suv resurslarini boshqarish agentligi o‘rtasida Shvetsiya TIV hamda ikkala davlat ekspertlari ishtirokida  suv resurslarini boshqarish, tejash va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish mavzusida onlayn seminar o‘tkazildi.

Ushbu onlay tadbirda hammasi bo‘lib 100 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashdi.

Tadbirni ochar ekan, Shvetsiya Dengiz va suv resurslarini boshqarish agentligi bosh direktori Jeykob Granit O‘zbekiston rahbariyati tomonidan mamlakatda ekotizimni tiklash va suv resurslaridan oqilona foydalanish borasida olib borilayotgan saʼy-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashini maʼlum qildi.

Shuningdek, J.Granit joriy yil 23 mart kuni BMTning suv konferensiyasida O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan qayd etilgan Orol fojeasi oqibatlari va ularni bartaraf etish bo‘yicha erishilgan muvaffaqiyatlarni hamda bu borada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarni yuqori baholadi.

Shu o‘rinda u Shvetsiya Dengiz va suv resurslarini boshqarish agentligi suv resurslarini asrash, dengiz, daryo va ko‘llarning holatini baholash va monitoringini olib borish, bio xilma-xillikni qo‘llab-quvvatlash masalalarida Shvetsiya xalqaro suv instituti bilan yaqindan hamkorlik qilishini bildirdi.

Seminar chog‘ida J.Granit, Shvetsiya Dengiz va suv resurslarini boshqarish agentligi boshqarma boshliqlari Jon Kling, Mikael Krisell, Patrik Stromberg va tahlilchi Ulrika Stensdotter suv resurslarini boshqarish sohasida Shvetsiya tajribasiga doir taqdimotlarni o‘rtoqlashdilar. Ular, shuningdek, o‘zbek ekspertlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob berishdi.

O‘zbek tomonidan Suv xo‘jaligi vazirligi Axborot-tahlil va resurs markazi direktori Z.Ishpulatov O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha qilingan ishlar va kelgusidagi istiqbolli rejalar to‘g‘risida shved ekspertlariga maʼlumot berdi.

J.Granit O‘zbekiston va Shvetsiyada suv resurslari bo‘yicha vaziyatni va ushbu sohada yondoshuv bir-biridan farq qilishini qayd etar ekan, jumladan, Qirollik asosiy eʼtiborini suvni boshqarishda atrof muhitini himoya qilish va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga hissa qo‘shishga qaratishini aytdi.

Shu o‘rinda suhbatdosh ekotizim va suvdan foydalanish o‘rtasida muvozanatni saqlashning muhimligini alohida taʼkidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi urush ham Yevropada oziq-ovqat va energetika xavfsizligini taʼminlash bilan bog‘liq vaziyatga salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligi hamda Shvetsiya Dengiz va suv resurslarini boshqarish agentligi o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha hamkorlik aloqalarini davom ettirish, jumladan, seminar va qo‘shma tadbirlar uyushtirish, o‘zaro  tashriflarni tashkil etishga kelishib olindi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться