O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turizm

Xalqaro bank kartalarini qabul qiladigan bankomatlar dislokatsiyasi

06.03.2018Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 6 fevraldagi PK-3509-son Qarori bilan tasdiqlangan Kirish turizmini yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasining 28-bandida keltirilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, hozirgi kunda tijorat banklari tomonidan joylarda o‘rnatilgan xalqaro bank kartalarini qabul qiladigan bankomatlar dislokatsiyasi ma’lumoti taqdim etildi.

Xorazm viloyatida “Halol turizm” masalasiga bag‘ishlangan seminar-trening

03.03.2018Turizm

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan “Halal International Tourism” Institutining bosh menejeri, “Fletcher” maktabidagi "SovereigNET" tadqiqot bo‘limi boshlig‘i, halol sanoati bo‘yicha yetakchi mutaxassis Tomas Gerrero Xorazm viloyatiga tashrif buyurganligi to‘g‘risida xabar berilgan edi.

“O‘zbekistonga yo‘l... Afsonaviy minoralar va bozorlar”

02.03.2018Turizm

Saudiya Arabistonida nashr etiladigan “Ash-Sharq al-Avsat” gazetasi sahifasida “O‘zbekistonga yo‘l... Afsonaviy minoralar va bozorlar” sarlavhali maqola bosilib chiqdi.

O‘zbekistonda turizm rivoji uchun muhim qadamlar qo‘yilmoqda

01.03.2018Jamiyat

Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish istiqbollari, bu borada Prezidentimizning farmon va qarorlari ijrosiga bag‘ishlandi.

Isroil jurnali O‘zbekiston bo‘ylab sayohatning o‘ziga xosliklari haqida

28.02.2018Turizm

Isroilda nashr etiladigan “Sayohatlar olami” jurnalining fevral oyiga mo‘ljallangan sonida “Endi O‘zbekistonga - vizasiz safar” sarlavhali maqola bosilib chiqdi.

O‘zbekistonning alohida davlatlar bilan viza tartibi

26.02.2018Jamiyat

Istiqbolli loyihalar – kelajak poydevori

26.02.2018Iqtisodiyot

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 28-mart kuni Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida bir qator istiqbolli loyihalar bilan tanishib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.

Buxoroda birinchi marta havo shari ishga tushirildi

26.02.2018Turizm

Qadim Buxoroda birinchi marta havo shari ishga tushirildi. Ushbu tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, tijorat banklari hamda O‘zbekiston aeronavtika federatsiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Loyiha sayyohlarni jalb qilish uchun kamida to‘rtta havo shari sotib olishni o‘z ichiga oladi. Bu borada banklar bilan birgalikda texnik jihatlar ishlab chiqilgan va yangi havo sharlari sotib olish rejalashtirilgan.

Prezident qaroridan so‘ng Orol dengizi bo‘yida ikkita turistik kompleks tashkil qilindi

26.02.2018Turizm

2017 yilda Orol dengizi bo‘yida ikkita turistik kompleks tashkil qilindi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Bayram Kusekeyev ma’lum qilgan.

Endi aeroport va avtovokzallarda sayyohlar uchun sim-kartalar sotiladi

23.02.2018Jamiyat

Yurtimizga tashrif buyurayotgan mehmonlarni ishonchli, barqaror va arzon narxdagi mobil aloqa bilan ta’minlash maqsadida mamlakatimizdagi aeroport, avtovokzal va mashhur sayyohlik maskanlarida mobil sim-kartalar savdosi bo‘yicha servis yo‘lga qo‘yiladi. Ular qimmatbaho roumingning qulay muqobili bo‘lib, turistlarga mablag‘ini tejash imkonini beradi.

Rossiya Davlat dumasi deputati: “Fuqarolarimiz orasida O‘zbekistonga dam olgani borayotganlar soni ko‘paymoqda”

22.02.2018Turizm

Rossiya Davlat dumasi deputati, parlamentning MDH masalalari bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi Irek Zinnurov O‘zbekiston bilan Rossiya mintaqalari o‘rtasidagi hamkorlik muvaffaqiyatlarini mamlakatimiz va Tatariston o‘rtasidagi aloqalar rivojlanib borayotgani misolida so‘zlab berdi.

Qadimiy Buxoro xalqaro turizm markaziga aylanmoqda

16.02.2018Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahrining tarixiy qismida turizm sohasini yanada rivojlantirish konsepsiyasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Buxoroda havoda muallaq turuvchi darvesh paydo bo‘ldi

16.02.2018Turizm

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining tashabbusi bilan Buxoroning eski shahar qismida havoda muallaq turuvchi darvesh paydo bo‘ldi.