O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonning alohida davlatlar bilan viza tartibi

2018-02-26 | Jamiyat

1. Qirg‘iziston (60 kungacha), Armaniston, Belarus, Gruziya, Moldova, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Rossiya va Ukraina bilan ikki tomonlama vizasiz rejim o‘rnatilgan.

2. 2018-yilning 10-fevralidan 7 ta davlat – Isroil, Indoneziya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz tartib joriy etilgan.

Vizasiz tartib tashrif maqsadidan qat’iy nazar mazkur davlatlardan O‘zbekiston Respublikasiga 30 kungacha bo‘lgan muddatga tashrif buyurmoqchi bo‘lgan har qanday kategoriyadagi pasport (diplomatik, xizmat va fuqarolik pasportlari) egalariga nisbatan qo‘llaniladi. Mazkur davlatlar fuqarolari ushbu tartibda O‘zbekiston Respublikasiga amaldagi milliy pasport yoki xorijiy davlatlarga chiqishda foydalanadigan boshqa hujjat asosida kirishlari mumkin.

Vizasiz tartib yuqoridagi davlatlarda doimiy yashovchi fuqaroligi yo‘q shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Vizasiz tartib O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan kundan boshlab 30 kun davomida amal qiladi. Chet el fuqarosi 30-kun tugaguniga qadar O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishi lozim. Chet el fuqarosi tomonidan 30 kunlik muddatning o‘tkazib yuborilishi xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi qoidalarini buzish deb hisoblanadi.

Chet el fuqarosi O‘zbekiston Respublikasida 30 kundan ko‘p muddatga kelmoqchi bo‘lsa belgilangan tartibda tashrif maqsadiga muvofiq ravishda O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizasini olishi lozim bo‘ladi.

3. 2018-yil 10-fevraldan dunyoning 39 davlati (davlatlar ro‘yxati quyida keltirilgan) fuqarolari uchun hujjatlar qabul qilingan kundan tashqari 2 ish kuni davomida turistik vizani rasmiylashtirishning yengillashtirilgan tartibi joriy etildi va sayyohlik ruxsati (turvaucher) yoki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taklif qilayotgan jismoniy/yuridik shaxslarning murojaat qilishi bekor qilindi.

Ilgari Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Latviya, Fransiya, Shveysariya, Tailand, Chexiya va Polsha fuqarolari uchun ham vizalar rasmiylashtirishnig yengillashtirilgan tartibi joriy etilgan edi.

Mazkur davlatlar sayyohlariga 1 oy muddatga ko‘p marotabalik, biznes vakillari uchun esa 1 yil muddatga ko‘p marotabalik vizalar beriladi. Bunda sayyohlik ruxsati (tur-vaucher) yoki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taklif qilayotgan jismoniy/yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan murojaatlar taqdim etilishi talab qilinmaydi. Vizalar hujjatlar qabul qilingan kundan tashqari 2 ish kuni davomida rasmiylashtirib beriladi.

4. Tojikiston, Vengriya va Xitoy (30 kungacha), Koreya Respublikasi va Vetnam (60 kungacha), Braziliya, Latviya, Polsha, Ruminiya, Singapur, Slovakiya, Estoniya, Quvayt va Turkiya (90 kungacha) diplomatik pasport egalari uchun vizasiz rejim joriy etilgan. Ushbu davlatlarning O‘zbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalarida diplomatik pasport egasi bo‘lgan xodimlari, shuningdek, ularning oila a’zolari xizmat muddati davomida O‘zbekiston Respublikasiga vizasiz kirish va bu yerda bo‘lish huquqiga egadirlar.

5. O‘zbekiston va Yaponiya o‘zaro kelishuv asosida vizalarni konsullik yig‘imlari undirmasdan beradilar.

2018-yil 10-fevraldan boshlab turizm vizalarini rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi quyidagi davlatlar fuqarolari uchun joriy etilgan

1. Albaniya Respublikasi 
2. Amerika Qo‘shma Shtatlari 
3. Andorra 
4. Avstraliya 
5. Birlashgan Arab Amirliklari 
6. Bolgariya Respublikasi 
7. Bosniya va Gersogovina 
8. Chernogoriya 
9. Daniya Qirolligi 
10. Estoniya Respublikasi 
11. Finlandiya Respublikasi 
12. Gretsiya Respublikasi 
13. Hindiston Respublikasi 
14. Irlandiya 
15. Islandiya 
16. Kanada 
17. Litva Respublikasi 
18. Lixtenshteyn 
19. Lyuksemburg Buyuk Gertsogligi 
20. Makedoniya Respublikasi 
21. Malta Respublikasi 
22. Monako 
23. Niderlandiya Qirolligi 
24. Norvegiya Qirolligi 
25. O‘mon Sultonligi 
26. Portugaliya Respublikasi 
27. Quvayt davlati 
28. Ruminiya 
29. San-Marino Respublikasi 
30. Saudiya Arabistoni Podshohligi 
31. Serbiya Respublikasi 
32. Shvetsiya Qirolligi 
33. Slovakiya Respublikasi 
34. Sloveniya Respublikasi 
35. Vatikan 
36. Vengriya 
37. Xitoy Xalq Respublikasi (Xitoyning Gonkong maxsus ma’muriy hududi bilan birga) 
38. Xorvatiya Respublikasi 
39. Yangi Zelandiya

Поделиться