O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qadimiy Buxoro xalqaro turizm markaziga aylanmoqda

2018-02-16 | Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahrining tarixiy qismida turizm sohasini yanada rivojlantirish konsepsiyasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Buxoro qadimiy obidalari, asrlar osha davom etib kelayotgan milliy hunarmandlik an’analari bilan ulkan turistik salohiyatga ega. Davlatimiz rahbari viloyatga o‘tgan yilgi tashrifi chog‘ida bu salohiyatdan to‘la foydalanish, shaharning tarixiy qismida hunarmandlar mavzesi qurish, Poyi Kalon va Mir Arab madrasalarini qayta ta’mirlash kabi qator masalalarni belgilab bergan edi.

Ushbu ko‘rsatmalar asosida Poyi Kalon va Mir Arab madrasalari ta’mirdan chiqarildi. Haqiqat ko‘chasida birinchi qavatida do‘kon va ustaxonalar bo‘lgan, ikkinchi qavatida hunarmandlar oilasi yashaydigan uylar qurilib, atrof obodonlashtirildi. Natijada ko‘cha va saylgoh shaharning tarixiy qismiga monand zamonaviy qiyofa kasb etdi. 

Bu boradagi ishlar izchillik bilan davom ettirilmoqda. Mehmonxonalar, savdo-ko‘ngilochar maskanlar, kafe va choyxonalar qurilmoqda.

 

Prezidentimiz jahon tajribasi asosida sayyohlarga barcha qulayliklarni yaratish, ularning xavfsizligini ta’minlash, ko‘ngilochar dasturlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Davlatimiz rahbari shaharning tarixiy qismidagi madaniy meros ob’ektlarini ta’mirlash va tiklash, hududdan o‘tgan avtomobil yo‘llari va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rekostruksiya qilish kabi loyihalar bilan tanishdi.

Поделиться