O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buxoroda havoda muallaq turuvchi darvesh paydo bo‘ldi

2018-02-16 | Turizm

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining tashabbusi bilan Buxoroning eski shahar qismida havoda muallaq turuvchi darvesh paydo bo‘ldi.

Ushbu attraksion sayyohlarni yanada ko‘proq jalb qilish, shaharga bo‘lgan qiziqishni orttirishga xizmat qiladi. Keyinchalik bunday qiziqarli shou-loyihalar boshqa turistik shaharlarda ham yo‘lga qo‘yilishi mo‘ljallangan. Bunda nafaqat darvesh, balki masxaraboz, sarbon, mashhur ertaklar qahramonlari, masalan Xo‘ja Nasriddin kabi obrazlar yaratilishi mumkin.

Mazkur g‘oya qo‘mita tomonidan Yevropadagi turistik markazlarini kuzatish jarayonida tug‘ilgan bo‘lib, keyinroq mahalliy muhitga moslashtirilgan.

Поделиться