O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xorazm viloyatida “Halol turizm” masalasiga bag‘ishlangan seminar-trening

2018-03-03 | Turizm

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan “Halal International Tourism” Institutining bosh menejeri, “Fletcher” maktabidagi "SovereigNET" tadqiqot bo‘limi boshlig‘i, halol sanoati bo‘yicha yetakchi mutaxassis Tomas Gerrero Xorazm viloyatiga tashrif buyurganligi to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Ispaniyalik mehmon Xiva shahriga sayohat uyushtirib, Urganch shahriga qaytib keldi. Shundan so‘ng Urganch shahrida Xorazm viloyatining turizm masalasi bo‘yicha hokim o‘rinbosari T.Davletov bilan uchrashuv tashkil etildi va “Halol turizm” mavzusida viloyatda faoliyat yuritayotgan turizm sohasi vakillariga seminar-trening o‘tkazildi.

Unda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Xorazm viloyat boshqarmasi xodimlari, viloyatda faoliyat yuritayotgan mehmonxona, kafe-restoran rahbarlari va boshqa turizm sohasi faollari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Поделиться