O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turizm
17.01.2018Turizm Kasaba uyushmalari, uyushmaning xotin-qizlar qo‘mitasi, “O‘zbekturizm” mas’uliyati cheklangan jamiyati hamkorligida tashkil etilayotgan turli shaharlarga, diqqatga sazovor joylarga sayohatlar davomida sayyohlar yurtimizda olib borilayotgan islohotlar samarasi bilan yaqindan tanishmoqdalar, zamonaviy inshootlar, turar-joylar, to‘la ta’mirdan chiqarilgan ziyoratgoh va qadamjolar, muzey va teatrlar, kinoteatrlarga tushib, madaniy hordiq chiqarishmoqda. |
O‘zbekistonda mehmonxonalarga munosabat ularning “yulduzlari”ga bog‘liqmi? 16.01.2018TurizmO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati huzuridagi press-xollda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan matbuot anjumani o‘tkazildi. |
15.01.2018Turizm Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati qoshida press-xollning yana bir tadbiri bo‘lib o‘tmoqda. |
O‘zbekiston safar qilish uchun eng xavfsiz mamlakatlar ro‘yxatida 12.01.2018TurizmAQSh Davlat departamenti xorijiy mamlakatlarga safar qiladigan amerikalik sayyohlar uchun yangi tavsiyalarini e’lon qildi. Mamlakatlar to‘rt guruhga bo‘lingan. Borish eng xavfsiz bo‘lgan mamlakatlar birinchi toifa, safar qilish tavsiya etilmaydigan mamlakatlar esa to‘rtinchi toifa ro‘yxatidan o‘rin olgan. |
Sohada sayyohlik kompaniyalari va mehmonxonalar soni ortmoqda 11.01.2018TurizmO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 189 - sonli qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan 2017 yil davomida jami 123 ta tadbirkorlarga turizm faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berildi. |
Yoshlar turizmi: Jizzaxlik yoshlarning Samarqandga sayohati 11.01.2018Turizm2018 yilning 10 yanvar kuni Yoshlar ittifoqi hamkorligida Jizzax viloyatidan 100 nafar yoshlar va Ishtixon tumani Yoshlar ittifoqining 300 nafar faollari Samarqand shahriga tashrif buyurishdi. |
Kasaba uyushmalari – ichki turizmni rivojlantirish yo‘lida 08.01.2018TurizmO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan respublikamiz hududlaridagi har bir mehnat jamoasida ushbu Farmonning maqsadi, mazmun-mohiyati to‘g‘risida keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot va tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, Farmonnig mazmun-mohiyatini har bir yurtdoshimizga yetkazish maqsadida kasaba uyushmalari nashri bo‘lgan “Ishonch” gazetasining 2018 yil 1 yanvardagi 1-sonida va Federatsiya Kengashining Internet tarmog‘idagi rasmiy veb-Portalida “Uzaytirilgan dam olish kunlari – haqiqiy bayram sovg‘asi bo‘ldi” mavzusidagi tahliliy material chop etilib, o‘quvchilarga keng tushuntirish berildi. |
“Oltin haftalik” – yangi yil bayrami kunlarida maroqli sayohatlar 06.01.2018TurizmMuhtaram Prezidentimiz tomonlaridan yurtimizda yangi yil bayramini yanada ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazish va dam olish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida e’lon qilingan 5 kunlik dam olish davri - “Oltin haftalik” sifatida Buxoro aholisini ham quvontirdi. |
Turizm sohasida innovatsion loyiha 04.01.2018Turizm2017 yil 6-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi hamda “Tehno Dargoh” MChJ o‘rtasida uch tomonlama kelishuv memorandumi asosida, Buxoro viloyatining 51ta (Poyi Kalon ansambli, Gavkushon madrasasi, Ko‘kaldosh madrasasi, Toqi sarofon, Toqi telpakfurushon, Toqi zargaron savdo toqlari, Lavi hovuz majmuasi, Nasriddin Afandi haykali, Nodir Devonbegi madrasasi, Yahudiylar Sinagogasi, Somoniylar maqbarasi, Ark qo‘rg‘oni va boshqalar) tarixiy ob’ektlarida QR kod o‘rnatildi. |