O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro aloqalar

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vitse-Prezidenti F.Bennett boshchiligidagi delegatsiya tashrifi to‘g‘risida

08.11.2017Siyosat

7-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Senat Raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasining Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidagi milliy boshqaruvchisi S.Safoyevning Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki birinchi vitse-Prezidenti F.Bennett boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Hamkorlik munosabatlari yanada kengayadi

08.11.2017Siyosat

Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ҳамда Сенатида Саудия Арабистони-Ўзбекистон парламентлараро дўстлик Қўмитаси раиси ўринбосари Аҳмад бин Муҳаммад ал-Ҳомидий билан учрашувлар бўлиб ўтди.

Parlament delegatsiyasining Vashington shahridagi uchrashuvi haqida

07.11.2017Siyosat

2017 yil 1-3 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolaridan va Qonunchilik palatasi deputatlaridan iborat respublikamiz parlament delegatsiyasi AQSH poytaxti Vashington shahrida bo‘ldi. O‘zbekiston parlament a’zolarining AQSHga tashrifi Kongress kutubxonasi huzuridagi “Ochiq dunyo” yetakchilik markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Oliy Majlis va AQSH Kongressi: parlamentlararo aloqalarning yangi bosqichi

09.11.2017Siyosat

Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi shu kunlarda AQSHning Vashington shahrida bo‘lib turibdi. Delegatsiya AQSH Kongressida qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

O‘zbekiston Prezidenti Sankt-Peterburg gubernatorini qabul qildi

09.11.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-noyabr kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Sankt-Peterburg shahri gubernatori Georgiy Poltavchenkoni qabul qildi.

MDH Hukumat rahbarlari kengashining majlisi

04.11.2017MDH

Poytaxtimizdagi «O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida 3-noyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qirg‘iziston Respublikasi, Armaniston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi delegatsiyalari rahbarlarini qabul qildi

04.11.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-noyabr kuni MDH Hukumat rahbarlari kengashining Toshkent shahrida o‘tgan navbatdagi majlisida ishtirok etgan Qirg‘iziston Bosh vaziri Sapar Isoqov, Armaniston Bosh vaziri Karen Karapetyan hamda Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yoqub Eyubov bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Tojikiston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Belarus Respublikasi va Turkmaniston Hukumatlari rahbarlarini qabul qildi

03.11.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-noyabr kuni MDH Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda, Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Bakitjan Sagintayev, Belarus Respublikasi Bosh vaziri Andrey Kobyakov va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari Esenmurat Orazgeldiyev bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisini qabul qildi

03.11.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-noyabr kuni mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan va MDH Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadigan Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Dmitriy Medvedevni qabul qildi. 

Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv

03.11.2017Siyosat

Toshkentdagi Simpoziumlar saroyida 2-noyabr kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Dmitriy Medvedev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston va Latviya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligiga

02.11.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi bilan Latviya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 3-noyabr kuni 25 yil to‘lishi munosabati bilan ikki davlat rahbarlari bir-birlarini qutladilar. 

O‘zbekiston Prezidenti BMT Bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashdi

02.11.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-noyabr kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi ijrochi direktori Yuriy Fedotovni qabul qildi. 

O‘zbekiston – Turkiya muzokaralari kengaytirilgan tarkibda davom etdi

25.10.2017Siyosat

Anqara, 25-oktabr. O‘zA maxsus muxbiri Anvar Samadov xabar qiladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on muloqotni kengaytirilgan tarkibda davom ettirdilar. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

24.10.2017Siyosat

O‘zbekiston – Tatariston biznes-forumi

25.09.2017Iqtisodiyot

Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixonovning tashrifi doirasida 25 sentyabr kuni poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida O‘zbekiston va Tatariston ishbilarmon doiralarining qo‘shma biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. 

Yangi davrni boshlab bergan tarixiy tashrif

23.09.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifini mamlakatimiz va xorijiy davlatlar ekspertlari shunday baholamoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti amerikalik ishbilarmonlar bilan uchrashdi

19.09.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahrida AQShning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi. Uchrashuvda Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm, «Jeneral Elektrik» kompaniyasi prezidenti Ron Polett, «Xanivell» kompaniyasi prezidenti va ijrochi direktori Rajiv Gautam, «SiEnEych Indastrial» kompaniyasi vitse-prezidenti Stiven Naderni, «Dir end Kompani» kompaniyasi prezidenti Jeyms Fild ishtirok etdi.