O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro aloqalar

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Qozog‘iston Respublikasi elchisini qabul qildi

21.06.2018Jamiyat

Vazirlikda bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida tomonlar bandlikni ta’minlash va mehnat bozorini tartibga solish sohasidagi ikki davlat hamkorligining muhim va ustuvor yo‘nalishlari, tartiblangan va xavfsiz mehnat migratsiyasi, shuningdek, iqtisodiyotni raqamlashtirish istiqbollari va ilg‘or axborot texnologiyalari joriy etilishini muhokama qilishdi.

IHT delegatsiyasi bilan uchrashuv

20.06.2018Siyosat

2018-yilning 20-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibi Halil Ibrahim Akchani qabul qildi.

Shavkat Mirziyoyev Islandiya Prezidentini tabrikladi

18.06.2018Siyosat

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islandiya Prezidenti Gvyudni Youxannessonni 17 iyun – Respublika e’lon qilingan kun munosabati bilan tabrikladi.

O‘zbekiston-Moldova vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlari to‘g‘risida

18.06.2018Siyosat

2018-yilning 15-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Kishinyov shahrida bo‘lib o‘tgan TIV rahbarlari o‘rinbosarlari darajasidagi O‘zbekiston-Moldova siyosiy maslahatlashuvlarida ishtirok etdi.

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlarining telefon orqali muloqoti to‘g‘risida

18.06.2018Siyosat

Joriy yilning 16 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Prezident Moskvaga jo‘nab ketdi

14.06.2018Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 14 iyun kuni Moskvaga jo‘nab ketdi. Davlatimiz rahbari Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etadi.

O‘zbekiston Prezidenti nomiga qutlovlar kelmoqda

14.06.2018Siyosat

Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlaridan tabrik maktublari kelmoqda. Jumladan, Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning qutlovida bunday deyilgan:

Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi bilan uchrashuv

12.06.2018Siyosat

2018-yilning 12-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delegatsiya tarkibidan YIning Markaziy Osiyo bo‘yicha Maxsus vakili Piter Burian va Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Roland Kobia o‘rin olgan.

Prezident Filippin Prezidentiga tabrik yo‘lladi

12.06.2018Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 iyun kuni Filippin Respublikasi Prezidenti Rodrigo Dutertega Filippin mustaqilligi kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni tabrikladi

12.06.2018Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinni 12 iyun - Rossiya kuni bilan tabrikladi.

O‘zbekiston Prezidenti Sindaoga yetib keldi

08.06.2018ShHT

Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasining Sindao shahriga tashrif buyurdi.

Prezident Xitoyga jo‘nab ketdi

08.06.2018ShHT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-iyun kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Sindao shahrida o‘tadigan o‘n sakkizinchi majlisida ishtirok etish uchun Xitoy Xalq Respublikasiga jo‘nab ketdi. 

O‘zbekiston-Polsha siyosiy maslahatlashuvlari to‘g‘risida

07.06.2018Siyosat

2018-yilning 7-iyun kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston va Polsha tashqi ishlar vazirlari vakillari siyosiy maslahatlashuvlarining yettinchi raundi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natdi

06.06.2018Siyosat

Joriy yil 5-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev qarori bilan Afg‘oniston Islom Respublikasiga O‘zbekistondan 3 ming tonna bug‘doy insonparvarlik yordami sifatida yuborildi. 

Yaponiya Elchisi bilan uchrashuv

05.06.2018Siyosat

2018-yilning 5-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Yaponiya Favqulodda va Muxtor Elchisi Nobuaki Ito bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, Prezident ishlari bo‘yicha vazirini qabul qildi

07.05.2018Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 may kuni mamlakatimizga tashrif buyurgan Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, Prezident ishlari bo‘yicha vazir Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayonni qabul qildi.

Asqar Mamin: O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda hamkorlikni mustahkamlashga qaratayotgan e’tibori barchaga namuna bo‘lmoqda

06.05.2018Siyosat

Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya hamraisi Asqar MAMIN davlatimiz rahbari bilan muloqotdan so‘ng O‘zA muxbiriga quyidagilarni so‘zlab berdi: 

Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv to‘g‘risida

04.05.2018Siyosat

2018-yilning 4-may kuni Tojikistonga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Dushanbe shahrida Afg‘oniston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Hikmat Xalil Karzay bilan uchrashdi.

Hindiston Davlat tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv to‘g‘risida

04.05.2018Siyosat

2018-yilning 4-may kuni “Terrorizm va zo‘ravonlik ekstremizmiga qarshi kurash” mavzusidagi xalqaro konferensiyada (Dushanbe, 2018-yil 3-4-may kunlari) ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hindiston Respublikasi Davlat tashqi ishlar vaziri Mobasher Javed Akbar bilan uchrashdi.

Yevropa tashqi faoliyat xizmatining Bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashuv to‘g‘risida

04.05.2018Siyosat

2018-yilning 4-may kuni Dushanbe shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Yevropa tashqi faoliyat xizmati Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Jan-Kristof Belliar bilan uchrashdi.