O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hamkorlik munosabatlari yanada kengayadi

2017-11-08 | Siyosat

Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ҳамда Сенатида Саудия Арабистони-Ўзбекистон парламентлараро дўстлик Қўмитаси раиси ўринбосари Аҳмад бин Муҳаммад ал-Ҳомидий билан учрашувлар бўлиб ўтди.

Muloqotlar chog‘ida mehmonlarga yurtimizda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Chunonchi, O‘zbekistonda yangilangan ichki va tashqi siyosat olib borilayotgani, davlat boshqaruvi tizimini zamonaviylashtirish hamda takomillashtirish, uning xalq bilan yaqinligini, shaffofligini ta’minlash, parlamentning qonun ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish, ijro hokimiyati ustidan nazoratini kuchaytirish borasida tizimli ishlar olib borilayotgani qayd etildi.

Tomonlar siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga oid dolzarb ahamiyatga ega masalalar bo‘yicha fikr almashdi. Ta’kidlanganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 21 mayda Saudiya Arabistoniga tashrifi ikki mamlakat o‘rtasida barcha sohadagi munosabatlarni yanada mustahkamladi. Parlamentlararo aloqalarni kengaytirishga ham zarur shart-sharoit yaratmoqda.

O‘z navbatida, Saudiya Arabistoni-O‘zbekiston parlamentlararo do‘stlik Qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ahmad bin Muhammad al-Homidiy samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, mamlakatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi.

— Mamlakatingiz islom sivilizatsiyasi rivojiga katta hissa qo‘shgan buyuk allomalari, faylasuflari bilan dunyoga mashhur, -deydi Ahmad bin Muhammad al-Homidiy. -Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yurtingizda iqtisodiyot, tashqi siyosat sohalarida olib borilayotgan islohotlar jahon hamjamiyati diqqat-e’tiborini tortmoqda. Ayniqsa, mamlakatda tadbirkorlikni yanada taraqqiy toptirish, qulay investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha ro‘yobga chiqarilayotgan tizimli sa’y-harakatlar, aniq chora-tadbirlar tahsinga sazovor. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash, ayniqsa, savdo-iqtisodiy, investitsiya sohalarida mavjud imkoniyatlardan yanada keng foydalanishimiz maqsadga muvofiqdir. Biz juda yaxshi bilamizki, xalqlarimizni islom dini birlashtiradi. O‘zbekistonda islom dinining asl mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni, shu jumladan, Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi xalqaro tadqiqot markazi tashkil qilinganini qo‘llab-quvvatlaymiz.

Konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuvlarda ishtirokchilar kelgusida parlamentlararo aloqalarni mustahkamlashga oid masalalarni muhokama qildilar. Ta’kidlab o‘tilganidek, bu sa’y-harakatlar ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p tomonlama munosabatlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Поделиться