O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oliy Majlis va AQSH Kongressi: parlamentlararo aloqalarning yangi bosqichi

2017-11-09 | Siyosat

Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi shu kunlarda AQSHning Vashington shahrida bo‘lib turibdi. Delegatsiya AQSH Kongressida qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Xususan, Xelsinki komissiyasi raisi, senator Rojer Uiker, Chet el ishlari bo‘yicha qo‘mita katta a’zosi Eliot Enjel hamda yetakchi kongressmenlar bilan muzokaralar olib borildi. AQSH Senatining xalqaro munosabatlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi katta mutaxassislari hamda Kongress tadqiqot xizmati ekspertlari bilan amaliy muloqotlar o‘tkazildi.

Amerikalik siyosatchilarga mamlakatimizda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida ro‘yobga chiqarilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Parlamentning davlat hokimiyatining mustaqil tarmog‘i sifatidagi rolini mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.

Oliy Majlisga ijro organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha keng vakolatlar berilgani qayd etildi. Ichki va tashqi siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan parlament eshituvlari amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Deputatlar hamda senatorlar joylarda saylovchilarning muammolarini bevosita hal qilish maqsadida o‘z faoliyatini yanada kuchaytirdi.

AQSH Kongressi vakillari O‘zbekiston tashqi siyosati faollashganini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdi. Toshkentning qo‘shni mamlakatlar bilan hamkorlikni izchil kengaytirib borayotgani Markaziy Osiyo mintaqasida mutlaqo yangi siyosiy muhitni shakllantirish imkonini yaratdi. Respublika rivojlangan G‘arb mamlakatlari, shu jumladan, Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shu yil sentyabr oyida AQSHga tashrifi, O‘zbekiston — Amerika biznes forumi natijalariga yuksak baho berildi.

Muzokaralarda parlamentlararo aloqalarni, jumladan, ikki mamlakat parlamentlari a’zolari va devonlari xodimlari o‘zaro tashrif almashuvlarini tashkil qilish orqali chuqurlashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Delegatsiya a’zolari AQSH shtatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish maqsadida mamlakatning boshqa hududlariga ham tashrif buyurishadi.

Поделиться