O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro aloqalar

O‘zbekiston delegatsiyasi “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti shaklidagi yig‘ilishda ishtirok etdi

28.11.2018Siyosat

2018-yilning 26-27-noyabr kunlari Tokio shahrida “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining yuqori mansabdor shaxslari 13-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

AQSh davlat kotibi yordamchisining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashuv

28.11.2018Siyosat

2018-yilning 27-noyabr kuni Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok maqsadida Shveysariyada bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Jeneva shahrida AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi birinchi o‘rinbosari Elis Uells bilan uchrashdi.

BMT bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashuv

28.11.2018Siyosat

2018-yilning 27-noyabr kuni Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun bugun Shveysariyaga yetib kelgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov BMT bosh kotibi o‘rinbosari, BMTning Jeneva shahridagi boʻlinmasi bosh direktori Maykl Myoller bilan uchrashdi.

Oʻzbekiston Prezidenti BMT sobiq Bosh kotibini qabul qildi

27.11.2018Siyosat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining sobiq Bosh kotibi, bugungi kunda Yashil taraqqiyot global instituti assambleyasi va Xalqaro olimpiya qoʻmitasining Etika boʻyicha komissiyasiga rahbarlik qilayotgan Pan Gi Munni qabul qildi. 

Chexiya Respublikasi parlamenti delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuv

27.11.2018Siyosat

2018-yil 27-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari Sarvar Otamuratovning Chexiya Respublikasi Parlamenti Deputatlar palatasi raisi oʻrinbosari Filip Voytex boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi Bryussel shahrida vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi

26.11.2018Siyosat

2018-yilning 23-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Bryussel shahrida boʻlib oʻtgan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” mintaqalararo vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi.

Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili bilan uchrashuv

26.11.2018Siyosat

2018-yilning 23-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Bryussel shahrida Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Federika Mogerini bilan uchrashdi.

Vazir Karin Kneissl bilan uchrashuv

22.11.2018Siyosat

2018-yilning 22-noyabr kuni Brussel shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa Ittifoqiga raislik qilayotgan Avstriya Respublikasining Yevropa ishlari, integratsiya va tashqi ishlar masalalari bo‘yicha federal vaziri Karin Kneissl bilan uchrashdi.

Senatda YXHT Parlament assambleyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv

21.11.2018Siyosat

2018 yil 21 noyabr kuni Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshevning YXHT Parlament assambleyasi raisi Georgiy Sereteli boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti AQSH Kongressi delegatsiyasini qabul qildi

19.11.2018Siyosat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-noyabr kuni kongressmen Trent Kelli boshchiligidagi AQSH Kongressi delegatsiyasini qabul qildi.

YXHT Parlament Assambleyasi delegatsiyasi tashrifi to‘g‘risida

19.11.2018Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N.Yo‘ldoshev taklifiga binoan 2018 yil 20-24 noyabr kunlari Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament Assambleyasi raisi G. Sereteli boshchiligidagi YXHT PA delegatsiyasi tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

Oʻzbekiston Elchisi Kanada General-gubernatoriga ishonch yorliqlarini topshirdi

19.11.2018Siyosat

Oʻzbekiston Elchisi Javlon Vaxabov (qarorgohi Vashington shahrida) Kanada General-gubernatori Jyuli Payettga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Shavkat Mirziyoyev Latviya Prezidentini qutladi

19.11.2018Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-noyabr kuni Latviya Respublikasi eʼlon qilinganining 100 yilligi munosabati bilan Prezident Raymonds Veyonisni qutladi.

Prezident Oʻmon Sultonini tabrikladi

19.11.2018Siyosat

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻmon milliy bayrami – Sulton tavalludi kuni munosabati bilan Sulton Qobus bin Saidni tabrikladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti bilan telefon orqali muloqoti toʻgʻrisida

16.11.2018Siyosat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-noyabr kuni Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.