O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti bilan telefon orqali muloqoti toʻgʻrisida

2018-11-16 | Siyosat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-noyabr kuni Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Muloqot avvalida davlatimiz rahbari Qirgʻiziston Prezidentini tugʻilgan kuniga 60 yil toʻlishi munosabati bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va yangi muvaffaqiyatlar tiladi.

Tomonlar mamlakatlarimiz oʻrtasidagi qardoshlik rishtalari, koʻp asrlik doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlashda keyingi yillarda barqaror ijobiy tendensiya kuzatilayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Ikki tomonlama koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirishda Prezident Sooronbay Jeenbekovning oʻtgan yil dekabr oyida Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi muhim voqea boʻldi. Uning yakunida amaliy sheriklikni kengaytirish boʻyicha salmoqli kelishuv va bitimlarga erishildi.

Muloqotda sheriklikni mustahkamlash, oʻzaro savdo hajmini oshirish, sanoat, energetika, transport va qishloq xoʻjaligi sohalarida kooperatsiyani kengaytirish istiqbollari koʻrib chiqildi.

Tomonlar hududlararo hamkorlikda mavjud katta salohiyatni toʻliq roʻyobga chiqarish lozimligini taʼkidladilar.

Mamlakatlarimiz chegaraoldi hududlari oʻrtasida muntazam oʻtkazilayotgan qoʻshma tadbirlarning samarali natijalari katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yil mart oyida Fargʻonada Oʻzbekiston va Qirgʻiziston chegaradosh viloyatlari rahbarlari kengashining birinchi majlisi boʻlib oʻtdi.

Madaniy-gumanitar almashinuvlar faollashdi. Oʻtgan oyda mamlakatimizda Qirgʻiziston Respublikasi madaniyati va sanʼati kunlari muvaffaqiyatli oʻtkazildi. Oʻzbekistonda buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligi keng nishonlanmoqda.

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Qirgʻiziston Prezidenti davlatimiz rahbariga samimiy tabrik va tilaklar uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

Muloqot soʻngida davlat rahbarlari qardosh Oʻzbekiston va Qirgʻiziston xalqlarining farovonligi yoʻlida oʻzaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama kengaytirish, doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash borasida intilishlari qatʼiy ekanini yana bir bor tasdiqladilar.

Поделиться