O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston Elchisi Kanada General-gubernatoriga ishonch yorliqlarini topshirdi

2018-11-19 | Siyosat

Oʻzbekiston Elchisi Javlon Vaxabov (qarorgohi Vashington shahrida) Kanada General-gubernatori Jyuli Payettga ishonch yorliqlarini topshirdi.

General-gubernatorning rasmiy qarorgohidagi marosimdan soʻng boʻlgan uchrashuv chogʻida Kanada rahbari Oʻzbekiston “oʻzining buyuk tarixi va dunyoning oʻta muhim qismidagi strategik joylashuvi bilan” mashhur deb eʼtirof etdi.

Bundan tashqari, avval mashhur astronavt boʻlgan General-gubernator “oʻzbek fani noyob ilmiy ishlanmalarni taklif etish va ularning asosida kosmik apparat qurilmalari va ularning komponentlarini ishlab chiqishni tashkillashtirish orqali kosmosni oʻrganish dasturlariga salmoqli hissa qoʻshganini” taʼkidladi.

Jyuli Payett qayd etganidek, astronavt boʻlgan paytlarida u Oʻzbekiston haqida koʻp oʻqigan va eshitgan. U Samarqandning buyuk hukmdori va taniqli olim, osmon yulduzlarining eng toʻliq va aniq boʻlgan kataloglaridan biri – “Ziji jadidi Kuragoniy”ning muallifi, “Galileo Galileyning teleskopni kashf qilishidan 150 yil oldin butun boshli rasadxona bunyod etib, Borliq eshiklarini oshib bergan” Mirzo Ulugʻbek faoliyati bilan tanish.

Kanada General-gubernatori mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarning joriy darajasi ham koʻtarilib borayotganini eʼtirof etdi. Oʻzbekistonning yanada rivojlangan dunyo hamjamiyatining asosiy aʼzolaridan biri boʻlish borasidagi intilishlarini Kanada tomoni qoʻllab-quvvatlashi taʼkidlandi. “Men Kanada kompaniyasi “Sky Power”ning qayta tilanuvchi energetika sohasiga katta miqdordagi investitsiya taklifi bilan Oʻzbekiston bozoriga kirib borganini eshitishdan bagʻoyat xursand boʻldim”, – dedi u. Uning fikricha, mazkur loyiha “oʻzaro manfaatli va ikki tomonga ham foydali” hisoblanadi.

Shu bilan birga u Oʻzbekiston va Kanada oʻrtasida “hali bajarish kerak boʻlgan ishlar” mavjudligini taʼkidladi. Jumladan, u davlatlar oʻrtasidagi savdo hajmini koʻpaytirish hamda taʼlim sohasidagi hamkorlikni faollashtirish zarurligiga toʻxtalib oʻtdi.

Marosim yakunida yangi tayinlangan Elchining Qutboldi mintaqalari, Sharqiy Yevropa va Yevrosiyo masalalari boʻyicha TIV Byurosi direktori Ellison LeKler bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Kanadalik diplomat 2019-yilning birinchi yarmida Oʻzbekiston rahbarining Kanadaga tashrifi tashkil etish boʻyicha kompleks siyosiy-diplomatik chora-tadbirlarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.

Поделиться