O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

MDH

Minsk shahrida O‘zbekistonning MDHdagi raisligi doirasida ilk bor Doimiy vakillar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

30.01.2020MDH

2020-yilning 29-yanvar kuni Minsk shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov O‘zbekistonning MDHdagi raisligi doirasida Hamdo‘stlik ishtirokchi mamlakatlarining Doimiy muxtor vakillari kengashining joriy yildagi ilk yig‘ilishida ishtirok etdi.

MDH Ijroiya qo‘mitasi Raisining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashuv to‘g‘risida

29.01.2020MDH

2020-yilning 28-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Minsk shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi Raisining birinchi o‘rinbosari Viktor Guminskiy bilan uchrashdi.

O‘zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasida MDH Iqtisodiy kengashi huzuridagi Iqtisodiy masalalar bo‘yicha komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

20.01.2020MDH

2020-yilning 17-yanvar kuni mamlakatimizning Moskva shahridagi Elchixonasida O‘zbekiston Respublikasi raisligida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Iqtisodiy kengashi huzuridagi Iqtisodiy masalalar bo‘yicha komissiyaning (IMK) joriy yildagi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidenti MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi - Ijrochi kotibini qabul qildi

24.12.2019Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidan kuzatuvchilar missiyasi boshchiligida mamlakatimizda bo‘lib turgan MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi - Ijrochi kotibi Sergey Lebedevni qabul qildi.

MDH mamlakatlari rahbarlarining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tdi

23.12.2019Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining norasmiy majlisida ishtirok etdi.

Toshkentda MDH qatnashchilari boʼlgan davlatlar poytaxtlarining ichki ishlar organlari/politsiyasi boʼlinmalari rahbarlarining birinchi kengashi boʼlib oʼtadi

28.11.2019MDH

MDH qatnashchilari boʼlgan davlatlar poytaxtlari ichki ishlar organlari/politsiyasi boʼlinmalari rahbarlarini bir maydonda toʼplash tashabbusi MDH qatnashchilari boʼlgan davlatlar Ichki ishlar vazirlari kengashida Oʼzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri general-leytenant P. Bobojonov tomonidan ilgari surilgan edi. Ushbu tashabbus Uyushgan jinoyatchilik va jinoyatchilikning boshqa xavfli turlariga qarshi kurashni muvofiqlashtirish byurosi tomonidan maʼqullanib, qoʼllab quvvatlangan edi.

Toshkentda MDHga a’zo davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlari Kengashining 70-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

22.11.2019MDH

2019-yil 20-22-noyabr kunlari O‘zbekiston Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlari Kengashining 70-yig‘ilishiga mezbonlik qilmoqda.

MDHga aʼzo davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlari kengashining majlisi

22.11.2019MDH

Toshkentda 21-noyabr kuni MDHga aʼzo davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. 

Senat Raisi boshchiligidagi Oliy Majlis delegatsiyasi MDH PA Kengashida ishtirok etadi

17.11.2019MDH

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo assambleyasi (MDH PA) Kengashi Raisining taklifiga binoan joriy yil 20-22-noyabr kunlari Tanzila Narbayeva rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahrida bo‘ladi.

MDH xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining yig‘ilishi

08.11.2019MDH

Toshkentda 7-noyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidenti MDH mamlakatlari maxsus xizmatlari rahbarlarini qabul qildi

07.11.2019Siyosat

7-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining Toshkentdagi yig‘ilishida ishtirok etadigan delegatsiyalar boshliqlarini qabul qildi.

Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan MDHga aʼzo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashi yigʻilishiga doir

06.11.2019MDH

Joriy yilning 7-noyabr kuni Toshkent shahrida MDHga aʼzo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining navbatdagi 47-yigʻilishi boʻlib oʻtadi.

Bokuda MDHga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

30.10.2019MDH

30-oktabr kuni Boku shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar mudofaa vazirlarni kengashining 77-sammiti bo‘lib o‘tdi.

MDHga a'zo mamlakatlarning 2021-2030 yillar uchun Turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga doir startegiyasi loyihasi ishlab chiqildi

28.10.2019Turizm

23-24-oktabr kunlari Minsk (Belarus')da Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasida MDHga a'zo mamlakatlarning 2021-2030 yillarda Turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish strategiyasi loyihasini ishlab chiqishni tugatish hamda uni muvofiqlashtirish bo‘yicha ekspert guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Belarus', Rossiya, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarboyjon, O‘zbekiston va MDH Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etishdi.

MDH davlatlari rahbarlari tor doirada uchrashdi

11.10.2019MDH

Ashxobod shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.