O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

MDH mamlakatlari rahbarlarining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tdi

2019-12-23 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining norasmiy majlisida ishtirok etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin kutib oldi.

Ikki davlat rahbarlarining suhbati bo‘lib o‘tdi, unda ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlik istiqbollari, xalqaro ahamiyatga molik masalalar muhokama qilindi.

MDH norasmiy sammitida Armaniston, Belarus, Moldova, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston rahbarlari ham ishtirok etdi.

Ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, 2020-yilda Hamdo‘stlikda O‘zbekiston raisligining ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Shu bilan davlatimiz rahbarining tashrifi yakunlandi. Prezident Toshkentga jo‘nab ketdi.

Поделиться