O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda MDH qatnashchilari boʼlgan davlatlar poytaxtlarining ichki ishlar organlari/politsiyasi boʼlinmalari rahbarlarining birinchi kengashi boʼlib oʼtadi

2019-11-28 | MDH

MDH qatnashchilari boʼlgan davlatlar poytaxtlari ichki ishlar organlari/politsiyasi boʼlinmalari rahbarlarini bir maydonda toʼplash tashabbusi MDH qatnashchilari boʼlgan davlatlar Ichki ishlar vazirlari kengashida Oʼzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri general-leytenant P. Bobojonov tomonidan ilgari surilgan edi. Ushbu tashabbus Uyushgan jinoyatchilik va jinoyatchilikning boshqa xavfli turlariga qarshi kurashni muvofiqlashtirish byurosi tomonidan maʼqullanib, qoʼllab quvvatlangan edi.

Tashabbusning maqsadlari:

– Toshkent shahar IIBB va MDH qatnashchilari boʼlgan davlatlar poytaxtlarining ichki ishlar organlari/politsiyasi boʼlinmalari oʼrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish;

– axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari, giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosi va terroristik faoliyatga qarshi kurash, turistlar xavfsizligini taʼminlash boʼyicha tajriba almashuvini kengaytirish;

Majlisda MDH qatnashchilari boʼlgan davlatlar ichki ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yigʼilishida MDH qatnashchilari boʼlgan davlatlar poytaxtlari ichki ishlar organlari/politsiyasi rahbarlarining yigʼilishlariga doimiy kengash organi maqomini berish va ushbu format faoliyati haqida Nizom loyihasini tuzish boʼyicha ishchi guruh tashkil etish masalalri muhokama qiliniadi.

Tashabbuskor fikriga koʼra MDH qatnashchilari boʼlgan davlatlari poytaxt ichki ishlar organlari/politsiyasi boʼlinmalari kuchilarini birlashtirish natijasida hal qilinidagi vazifalar quyidagilardan iborat:

– tajriba va maʼlumot almashish mexanizmi ishlab chiqilishi;

– huquqbuzarliklarni aniqlash va oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni oʼtkazish va shu oʼrinda quyidagi jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbirlarini kelishilgan holda amalga oshirish:

terrorizm va ekstremizm;

giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop vositalarning noqonuniy savdosi;

axborot texnologiyalari sohasida;

shaxsga nisbatan sodir etilgan, shu bilan birga odam savdosi bogʼliq jinoyatlar.

Kengash yakuniga koʼra ikki tomonlama hujjatlar va oʼzaro hamjihatlik toʼgʼrisidagi Memorandum imzolanadi.

Поделиться