O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda MDHga a’zo davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlari Kengashining 70-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2019-11-22 | MDH

2019-yil 20-22-noyabr kunlari O‘zbekiston Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlari Kengashining 70-yig‘ilishiga mezbonlik qilmoqda.

Kengash yig‘ilishida Armaniston, Belarus, Ozarbayjon, Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston bojxona xizmati rahbar va delegatsiyalari ishtirok etmoqda.

Yig‘ilishning asosiy tadbiri 21-noyabr kuni poytaxtimizdagi muhtasham O‘zbekiston anjumanlar saroyida bo‘lib o‘tdi.

Mezbon davlat vakili sifatida tadbirni ochar ekan, Davlat bojxona qo‘mitasi Raisi M.Azimov Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida respublikamizda bojxona sohasini yanada takomillashtirish, yaqin qo‘shni va uzoq davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalar tobora rivojlanib borayotgan bugungi davrda bojxona sohasida ham xalqaro hamkorlikni kengaytirish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligini alohida ta’kidladi.

Yig‘ilish davomida bojxona sohasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yanada kuchaytirishga qaratilgan bir qator hujjatlar imzolandi. Xususan,

MDHga a’zo davlatlar bojxona organlari o‘rtasida transport va tijorat hujjatlariga tushiriladigan bojxona organlarining muhr va shtamplarini o‘zaro taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi Kelishuv;

Temir yo‘lda tashiladigan yuklarning bojxona operatsiyalarini (bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi) amalga oshirishda bojxona organlari va temir yo‘lda tashuvchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning texnologik Yo‘riqnomasi imzolandi.

Kun tartibdan joy olgan va ko‘rib chiqilgan masalalar yuzsidan Kengash qarori qabul qilindi.

Ta’kidlash joizki, MDHga a’zo davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlari Kengashining 70-yig‘ilishi ko‘plab ikki tomonlama uchrashuvlar uchun ham o‘ziga xos muloqot maydoniga aylandi.

Mazkur uchrashuvlar natijasida

O‘zbekiston va Tojikiston bojxona xizmatlari o‘rtasida bojxona chegaralari orqali olib o‘tilayotgan tovar va transport vositalari haqida oldindan axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yishga doir Bayonnoama;

O‘zbekiston va Ozarbayjon bojxona xizmatlari o‘rtasida bojxona chegaralari orqali harakatlanayotgan tovar va transport vositalari haqida o‘zaro axborot almashinuvining Texnik shartlari;

O‘zbekiston va Rossiya bojxona xizmatlari o‘rtasida bojxona chegaralari orqali harakatlanayotgan tovar va transport vositalari haqida o‘zaro axborot almashinuvi bo‘yicha Kelishuvga kiritiladigan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti va Rossiya Federal bojxona xizmatining Bojxona akademiyasi o‘rtasida 2020-2025-yillarda kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha Hamkorlik rejasi imzolandi.

Yig‘ilish davomida kengash ishida alohida faollik ko‘rsatib kelayotgan va bojxona sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun bir qator mahalliy va xorijiy delegatsiyalar vakillari Kengashning 70-yubiley yig‘ilishi munosabati bilan ta’sis etilgan esdalik ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.

Поделиться