O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

MDHga a'zo mamlakatlarning 2021-2030 yillar uchun Turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga doir startegiyasi loyihasi ishlab chiqildi

2019-10-28 | Turizm

23-24-oktabr kunlari Minsk (Belarus')da Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasida MDHga a'zo mamlakatlarning 2021-2030 yillarda Turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish strategiyasi loyihasini ishlab chiqishni tugatish hamda uni muvofiqlashtirish bo‘yicha ekspert guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Belarus', Rossiya, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarboyjon, O‘zbekiston va MDH Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etishdi.

Mazkur loyihani ishlab chiqish va MDH hukumatlari rahbarlari kengashiga belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun kiritishga doir qaror joriy yilning 9-10 iyulida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan MDH mamlakatlarining Turizm kengashi yig‘ilishida qabul qilingan edi.

Hujjat Hamdo‘stlik doirasida turizm sohasida amalga oshirilayotgan ikkinchi Hamkorlikni rivojlantirish strategiyasi hisoblanadi. Amaldagi strategiya 2020 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan. Yangi strategiyani ishlab chiqishda turizm sohasining so‘nggi dolzarb tendensiyalari inobatga olindi, shuningdek MDHga a'zo mamlakatlarda turizmni rivojlantirish bilan bog‘liq vaziyat tahlil qilinib, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi. Tadbir doirasida ta'kidlanishicha, Strategiya asosida “turizm nafaqat eng istiqbolli, iqtisodiyotning dinamik rivojlanayotgan sektorigina bo‘lib qolmay, balki xalqaro hamkorlikni faollashtiruvchi, Hamdo‘stlik mamlakatlari xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy almashinuvni yanada mustahkamlovchi kuchli omil ekanligi” haqidagi tasavvur yotadi.

Yig‘ilish davomida MDH mamlakatlari ekspertlari 2021-2030 yillarda Turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish strategiyasi loyihasini ishlab chiqishni tugatishdi hamda davlatlardan kelib tushgan takliflar asosida hujjatni muvofiqlashtirishdi. Hujjatni MDH hukumatlari rahbarlari kengashiga belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun kiritishga qaror qilindi. Ekspertlar uchrashuvidagi barcha materiallar davlatlar ichida muvofiqlashtirish uchun MDH mamlakatlariga yo‘llanadi. Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning 9 iyulidan e'tiboran O‘zbekiston Respublikasi MDH mamlakatlarining Turizm kengashiga raislik qilib kelmoqda.

Поделиться