O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Senat Raisining birinchi o‘rinbosari YeXHT DIIHB direktori bilan uchrashdi

2021-04-30 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev kecha Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi direktori (YeXHT DIIHB) Matteo Mekachchi boshchiligidagi delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashdi

Parlament yuqori palatasi Axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Tomonlar so‘nggi yillarda ikki tomonlama munosabatlar va o‘zaro muloqot yangi sifat darajasiga ko‘tarilganligini qayd etdilar.

M.Mekachchi O‘zbekistondagi demokratik islohotlarga yuqori baho berib, o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirishga tayyorligini ma’lum qildi.

Uchrashuvda xalqaro standartlar va eng yaxshi xorij amaliyoti asosida O‘zbekistonda saylov to‘g‘risidagi milliy qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ishlar haqida qisqa axborot berildi.

YeXHT DIIHB direktori joriy yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jarayonida DIIHB o‘zaro hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.

M. Mekachchi saylov jarayoni demokratik prinsiplar va standartlarga muvofiq o‘tishi uchun O‘zbekistonda saylov tizimini yanada takomillashtirish masalalariga berilayotgan e’tiborni yuqori baholadi.

Tomonlar hamkorlik va o‘zaro munosabatlarni yanada chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini bildirib, o‘zaro manfaatli masalalar yuzasidan fikr almashdi.

Tashrif davomida YeXHT DIIHB ekspertlari siyosiy partiyalar, bir qator idoralar, NNT rahbarlari, OAV va O‘zbekistondagi xalqaro tashkilotlar vakillari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazadi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться