O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston elchisi Saudiya Arabistoni Savdo-sanoat palatalari kengashi raisi bilan savdo-iqtisodiy, investitsion aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

2021-04-30 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston elchisi Ulug‘bek Maqsudov Saudiya Arabistoni Savdo-sanoat palatalari kengashi raisi Ajlan Al-Ajlan bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuv chog‘ida o‘zaro hamkorlik aloqalarining joriy holati va istikbollari, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsion aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.

Ajlan Al-Ajlan yanvar oyida O‘zbekistonga tashrifini iliq esga oldi. Tashrif davomida iqtisodiy munosabatlarga yangi turtki beradigan kelishuvlarga erishilganini qayd etdi. Palata raisi joriy yil mart oyida O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni Ishbilarmonlar kengashining Saudiya tomoni tarkibi tasdiqlanganini ma’lum qildi. Uning fikricha, bu tarkibga Podshohlikning yetakchi ishbilarmonlari kiritilgan.

Muloqot davomida may oyida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining Riyozga tashrifi va Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar Saudiya Arabistoni Savdo-sanoat palatalari kengashi boshchiligida ishbilarmonlar delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini amalga oshirish, O‘zbekistonda Saudiya Savdo uyini ochish, shuningdek, Podshohlikning yirik shaharlarida O‘zbekiston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться