O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AKT vaziri Turkiyaning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi bilan uchrashdi
2021-04-29 | Texnologiyalar
Bugun 29-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Vazir Sh. Sodiqov Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Olgan Bekar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Vazir Elchini Oʻzbekistonga Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlangani munosabati bilan tabrikladi hamda yuksak va masʼuliyatli ishida muvaffaqiyat tiladi.
Uchrashuv chogʻida tomonlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda hamkorlikni olib borish masalalarni muhokama etishdi. Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha imkoniyatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi