O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Prezidenti YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi direktorini qabul qildi

2021-04-30 | Siyosat

30-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda bo‘lib turgan YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi direktori Matteo Mekachchi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan DIIHB o‘rtasidagi konstruktiv muloqot va samarali sherilikni rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari ikki tomonlama hamkorlik rivojida keyingi yillarda jiddiy oldinga siljishga erishilganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Byuroning keng ko‘lamli missiyasi ilk bor mamlakatimizdagi Prezident va parlament saylovlarini kuzatishda ishtirok etdi.

DIIHBning tavsiyalarini implementatsiya qilishda, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksini qabul qilish va takomillashtirish doirasida muvaffaqiyatli hamkorlik olib borilgani ta’kidlandi.

Byuro ekspertlari Inson huquqlari bo‘yicha milliy strategiya hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqishga jalb etilgan edi.

O‘zbekiston DIIHB bilan, eng avvalo, inson huquqlari, so‘z, din va e’tiqod erkinligi, gender tenglik, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, amalga oshirilayotgan demokratik yangilanishlarning huquqiy bazasini ilg‘or xalqaro amaliyot asosida mustahkamlash borasida uzoq muddatli va samarali sheriklikni davom ettirishdan manfaatdor ekani ta’kidlandi. 

Bundan tashqari, O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan muhim tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha birgalikda ishlash maqsadida may oyida byuroning baholash missiyasi yurtimizga keladi.

YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi direktori Matteo Mekachchi samimiy qabul hamda ochiq va mazmunli suhbat uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.

Direktor mamlakatimizdagi barcha soha va yo‘nalishlarni qamrab olgan keng ko‘lamli islohotlarni qat’iy qo‘llab-quvvatlab, byuro ularni muvaffaqiyatli amalga oshirishga har tomonlama ko‘maklashishga tayyor ekanini bildirdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться