O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

N.Ismoilov: Xalqaro parlament konferensiyasi parlamentlararo munosabatlarni yanada mustahkamlash imkonini yaratadi

2021-04-29 | Siyosat

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov Turkmanistonning Ashxabod shahrida «Xalqaro tinchlik va ishonchni mustahkamlashda parlamentlarning tutgan o‘rni» mavzuidagi xalqaro parlament konferensiyasida ishtirok etdi.

Konferensiyada Turkmaniston parlamenti azolari, Yevropa, Osiyo mamlakatlari parlamenti va xalqaro tashkilotlar vakillari hamda ekspertlari ishtirok etdi.
 
«Ashxabod shahrida tashkil etilgan xalqaro konferensiya parlamentlararo aloqalar, ularni rivojlantirish, o‘zaro ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, yangi aloqalarni o‘rnatish va mustahkamlash bo‘yicha fikr almashish uchun foydali muloqot maydoniga aylandi», — dedi Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov
 
Bugun jahon hamjamiyati O‘zbekistonning yangi tarixidagi tinchliksevar tashqi siyosati o‘zaro ishonch, hamkorlik va ochiqlik tamoyillari asosida izchil amalga oshirilayotganini e'tirof etmoqda. Albatta, xalqaro aloqalarni kuchaytirish va mustahkamlashda xorijiy davlatlar bilan parlamentlararo hamkorlik ham mazmunan boyib bormoqda.
 
Qonunchilik palatasi Spikeri tadbir davomida O‘zbekistonda bugungi kunda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev boshchiligida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar to‘g‘risida batafsil gapirib berdi.
 
«Ikki mamlakatning ochiq, konstruktiv va pragmatik tashqi siyosati natijasida qisqa vaqt ichida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida ko‘p tomonlama hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Dunyoda mavjud epidemiologik vaziyatga qaramay, strategik sheriklik aloqalari ananaviy tarzda yuqori saviyada jadal rivojlanmoqda. Ayniqsa, ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi munosabatlarning sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarilgani ahamiyatli. Zero, Turkmanistonda ikki palatali yangi parlament tuzilgani parlament amaliyotida ijobiy rol' o‘ynaydi va mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik islohotlarga qo‘shimcha turtki beradi», — dedi Xalqaro konferensiyada tomonlar ikki davlat qonun chiqaruvchi organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov
 
Xalqaro konferensiyada tomonlar ikki davlat qonun chiqaruvchi organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga e'tibor qaratildi.
 
«O‘zbekiston va Turkmaniston parlamentlari o‘zaro do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini yanada mustahkamlash, ikki xalqni bir-biriga yanada yaqinlashtirishga xizmat qiladi. Parlamentlararo hamkorligimiz esa ushbu ezgu intilishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda, xususan, O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi hamkorlikka yangi sur'at baxsh etishga xizmat qiladi», — dedi Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi

Поделиться