O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Siyosat

Prezident hamdardlik bildirdi

08.11.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vyetnamning janubiy va markaziy mintaqalarida vayronkor to‘fon yuz berib, ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Vyetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti Chan Day Kuangga ta’ziya izhor etdi.

Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlarining O‘zbekistonga tashrifiga doir

08.11.2017Siyosat

2017-yilning 8-9-noyabr kunlari Qirg‘iziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdrahmonov, Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev, Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov va Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov O‘zbekistonga keladi.

AQSh elchisi bilan uchrashuv

08.11.2017Siyosat

2017-yilning 7-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Favqulodda va Muxtor Elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi.

Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining O‘zbekistonga bo‘ladigan tashrifiga oid

08.11.2017Siyosat

2017-yilning 9-noyabr kuni O‘zbekistonga Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Frederika Mogerini boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi. Delegatsiya tarkibiga Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot bo‘yicha Yevropa komissari Neven Mimitsa va boshqa rasmiy shaxslar kiradi.

Saudiya Arabistoni Qirolligi delegatsiyasining uchrashuvlari

08.11.2017Siyosat

Mamlakatimizga tashrif buyurgan Saudiya Arabistoni–O‘zbekiston parlamentlararo do‘stlik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ahmad bin Muhammad al-Homidiy boshchiligidagi delegatsiya qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Saudiya Arabistoni delegatsiyasi bilan uchrashuv

07.11.2017Siyosat

2017-yilning 6-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Saudiya Arabistoni Podshohligining Maslahatlashuv kengashi (Parlamenti) a’zosi, Saudiya Arabistoni-O‘zbekiston parlamentlararo do‘stlik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ahmad bin Muhammad Abush al-G‘omidiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv

07.11.2017Siyosat

2017-yilning 6-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Xalqaro aloqalar konselyarisi boshlig‘ining yordamchisi Shen Beyli boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Elni siylaganni el siylaydi

07.11.2017Siyosat

Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi mamlakatimizda keng nishonlanmoqda

O‘zaro ishonchga asoslangan hamkorlik masalalariga bag‘ishlandi

07.11.2017Siyosat

Toshkent shahrida 6-noyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasining XIX syezdi yakunlariga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Jizzax shahrida Sharof Rashidov haykalining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi

07.11.2017Siyosat

Prezident hamdardlik bildirdi

07.11.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika qo‘shma shtatlarining Sazerlend Springs shahridagi “Birinchi Baptist Cherkovida” yuz bergan otishma oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan ushbu mamlakat Prezidenti Donald Trampga ta’ziya izhor etdi.

Xalqimizning asl farzandi xotirasiga ehtirom

06.11.2017Siyosat

Kunning ikkinchi yarmida Jizzax viloyati musiqali drama teatrida atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi va konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Atoqli shoirlarimizga ehtirom

06.11.2017Siyosat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahrida Hamid Olimjon va Zulfiya xotirasiga bag‘ishlab bunyod etilgan yodgorlik majmuasini borib ko‘rdi.

Shavkat Mirziyoyev: Sharof Rashidov murakkab davrning matonatli shaxsi

06.11.2017Siyosat

Prezidentimizning 2017-yil 27-martdagi "Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida"gi qarorida Jizzax shahrida adibning memorial muzeyini tashkil etish va muzey hududini obodonlashtirish bo‘yicha vazifalar belgilangan edi.

Prezidentimiz Jizzax viloyati musiqali drama teatrini borib ko‘rdi

06.11.2017Siyosat

Atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan Jizzax viloyat musiqali drama teatri ham jahon andozalari darajasida rekonstruksiya qilindi.

Jizzaxda Sharof Rashidov haykali ochildi

06.11.2017Siyosat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 27-martdagi «Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi qarorida Jizzax shahrida uning xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasini barpo etish va haykalini o‘rnatish belgilangan edi. Qisqa vaqtda shahar markazida mazkur majmua va haykal bunyod etildi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzaxga keldi

06.11.2017Siyosat

Bugun, 6-noyabr kuni Jizzaxda atoqli davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar o‘tkaziladi.

YTTB delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifiga oid

06.11.2017Siyosat

2017-yilning 7-noyabr kuni O‘zbekistonga Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) birinchi vitse-prezidenti Filip Bennet boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

05.11.2017Siyosat