O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv
2017-11-07 | Siyosat
2017-yilning 6-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Xalqaro aloqalar konselyarisi boshlig‘ining yordamchisi Shen Beyli boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama aloqalarning muhim masalalari ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanganidek, XXR rivojlanishida yangi davrga o‘tilganini belgilab bergan Xitoy Kommunistik Partiyasining 19-syezdi o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunlagani o‘zaro manfatlarni aks ettirgan ikki tomonlama munosabatlarning barcha sohalarda izchil chuqurlashishi uchun yangi istiqbollarni ochadi.
Uchrashuvda Xitoy Elchisi Sun Litze ishtirok etdi.