O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzaxga keldi

2017-11-06 | Siyosat

Bugun, 6-noyabr kuni Jizzaxda atoqli davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu marosimda ishtirok etish uchun Jizzax shahriga keldi. 

Mamlakatimizning barcha hududlari va xorijdan tashrif buyurgan mehmonlar Jizzax temir yo‘l vokzalida tantanali kutib olindi. 

Davlatimiz rahbarining joriy yil 27-martdagi «Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq Jizzaxda bu voqeaga katta tayyorgarlik ko‘rilgan. Sharof Rashidov nomi bilan ataluvchi maydon va muzeyda ulkan qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan. Ko‘cha va xiyobonlar bayramona bezatilgan.

Dastlab Sharof Rashidov xotirasiga ehson dasturxoni yozilib, Qur’on tilovat qilindi.

 

Anvar Samadov, O‘zA

Поделиться