O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Atoqli shoirlarimizga ehtirom

2017-11-06 | Siyosat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahrida Hamid Olimjon va Zulfiya xotirasiga bag‘ishlab bunyod etilgan yodgorlik majmuasini borib ko‘rdi.

Davlatimiz rahbari joriy yil 27-aprelda Jizzax viloyatiga tashrifi davomida ulkan shoirlar Hamid Olimjon va Zulfiyaning adabiy merosini keng targ‘ib qilish, asarlaridagi ezgu tushunchalar mohiyatini yoshlarga yetkazish lozimligini ta’kidlagan edi. 

Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilgan Hamid Olimjon va Zulfiya xiyoboni, ikki shoir nomi bilan ataluvchi o‘zbek tili va adabiyotini chuqur o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internat hamda muzey xalqimizning ardoqli farzandlariga ko‘rsatilgan ulkan ehtirom namunasi bo‘ldi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi «Jizzax shahrida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori bilan mazkur maktab-internat uchun 4 qavatli zamonaviy bino qurib bitkazildi. Bu yerda yaratilgan zamonaviy sharoitlar, 100 o‘rinli yotoqxona, oshxona, faollar zali o‘quvchilarning munosib ta’lim olishiga xizmat qiladi. 

Jizzax shahridagi tarixiy Xo‘ja Nuriddin madrasasida adabiyotimizning ulkan namoyandalari Hamid Olimjon va Zulfiyaning adabiy merosini keng targ‘ib qilish maqsadida muzey tashkil etildi. Buning uchun madrasa binosi tubdan ta’mirlanib, tarixiy ko‘rinishi tiklandi. Madrasaning gumbaz qismi sirlangan koshin bilan qoplandi.  

Muzey ekspozitsiyasi mazmuni Prezidentimizning «Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz» asari hamda Hamid Olimjon va Zulfiya xiyoboni, ular nomi bilan ataluvchi maktab-internat tashkil etish bo‘yicha bildirgan fikr-mulohazalari asosida shakllantirilgan. 

Davlatimiz rahbari Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi xiyobon atrofini yanada obodonlashtirish, muzey faoliyatini takomillashtirish, maktab-internat moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

 

Umar Asrorov, O‘zA

Поделиться