O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turkiy tilli davlatlar Hamkorlik kengashining Bosh kotibi bilan uchrashuv
2019-03-03 | Siyosat
2019-yilning 1-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Abu-Dabi shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (Turkiy kengash) Bosh kotibi Bog‘dod Amreyev bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida ta’kidlanganidek, Turkiy kengash faoliyatida kuzatilayotgan jo‘shqin o‘zgarishlar O‘zbekistonda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Mamlakatimiz ushbu jarayonning bir qismi bo‘lish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishni ko‘zlamoqda.
Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2019-yili Toshkent shahrida Turkiy ishbilarmonlar kengashi va uning biznes forumining navbatdagi maslisini o‘tkazshining amaliy masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkiy kengash o‘rtasidagi hamkorlik bilan bog‘liq boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.