O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qatar Tashqi ishlar davlat vaziri bilan uchrashuv
2019-03-04 | Siyosat
2019-yilning 4-mart kuni Doha shahrida amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qatar Davlati Tashqi ishlar davlat vaziri Sulton bin Saad al-Mureyxiy bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari, ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.
Soʻnggi vaqtlarda oʻtkazilgan, hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlariga tomonlarning diqqatni qaratish hamda ikki tomonlama shartnomalarning loyihalarini koʻrib chiqish imkonini bergan tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi uchrashuvlarning yakunlari qoʻllab-quvvatlandi.
Suhbatda Toshkent shahrida Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning birinchi yigʻilishini oʻtkazish yuzasidan ham fikr almashildi.