O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston TIV rahbarining O‘mondagi muzokaralari to‘g‘risida
2019-03-04 | Siyosat
2019-yilning 3-mart kuni amaliy tashrif bilan Qatarga yo‘l olgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Maskat shahrining xalqaro aeroportida qisqa muddatli tranzit to‘xtovini amalga oshirdi va u erda O‘mon Sultonligi Tashqi ishlar vaziri Yusuf bin Alavi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlik istiqbollari, shuningdek, transport va tranzit sohasidagi aloqalarni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi va O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-O‘mon transport koridori bo‘yicha kelishuvlar ahamiyati ta’kidlandi.