O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bosh vazirga parlament soʻrovi yuborilmoqda

2019-03-01 | Siyosat

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn sakkizinchi yalpi majlisida fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish bilan bogʻliq qonun hujjatlari ijrosi holati hamda ushbu sohadagi huquqni qoʻllash amaliyoti yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga parlament soʻrovi yuborishga oid masala koʻrib chiqildi.

2019-yil 1-yanvardan xorijga chiqish uchun ruxsat yozuvi stikerini rasmiylashtirish, yaʼni 2 yilda bir marta beriladigan ruxsatnoma bekor qilinib, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti joriy etildi.
 
– Biroq, aholi bilan muloqotlar, joylardagi oʻrganishlar, internetdagi ijtimoiy tarmoqlar va saytlarda fuqarolar tomonidan xorijga chiqish pasportini olish bilan bogʻliq qator muammolar koʻtarilmoqda, – dedi Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi F.Dadaxoʻjayev. – Shu munosabat bilan qoʻmitamiz tomonidan xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish va berish bilan bogʻliq qonun hujjatlarining ijro etilishi hamda ushbu sohadagi huquqni qoʻllash amaliyoti oʻrganilganda qator muammo va kamchiliklar mavjudligi aniqlandi.
 
Biometrik maʼlumotlarni yigʻish qurilmalariga boʻlgan minimal ehtiyoj Ichki ishlar vazirligi organlarida 213 ta va Tashqi ishlar vazirligi organlarida 51 ta boʻlgani holda, 2019-yil 5-fevral holatiga mazkur qurilmalar ichki ishlar vazirligi organlarida 34 va  Tashqi ishlar vazirligida 1 ta oʻrnatilgan xolos.
 
2018-yilda 14 millionga yaqin fuqaro xorijga chiqqan. Bu esa har oyda mamlakatimiz boʻyicha 500 mingga yaqin fuqaroga xorijiy biometrik pasport berish kerak, deganidir.
 
Koʻrinib turibdiki, mavjud texnik imkoniyatlar bu talablarga mutlaqo javob bermaydi.
 
Yuqoridagilarni inobatga olib, fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish bilan bogʻliq qonun hujjatlari ijrosi holati hamda ushbu sohadagi huquqni qoʻllash amaliyoti yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga parlament soʻrovi yuborish yuborilmoqda.
 

N.Abdurimova, OʻzA

Поделиться