O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Siyosat

OHIChK Kotibiyatining Ijrochi direktori bilan uchrashuv

04.11.2019Siyosat

2019-yilning 4-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash (OHIChK) Kotibiyati Ijrochi direktori Habibullo Mirzozoda bilan uchrashdi. U 2-noyabr kuni Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari (bosh vazirlari) kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining Qozog‘iston Respublikasiga tashrifi to‘g‘risida

03.11.2019Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Qozog‘iston Respublikasi parlamenti Senati Raisining taklifiga binoan joriy yil 4-5-noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Qozog‘iston Respublikasida bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Belarus Respublikasi Bosh vazirini qabul qildi

01.11.2019Siyosat

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashi majlisi doirasida poytaxtimizda bo‘lib turgan Belarus Respublikasi Bosh vaziri Sergey Rumasni qabul qildi.

O‘zbekiston Prezidenti Tojikiston Bosh vazirini qabul qildi

01.11.2019Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHTga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi.

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Bosh vazirini qabul qildi

01.11.2019Siyosat

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHTga a’zo davlatlar Bosh vazirlari uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Qirg‘iz Respublikasi Bosh vaziri Muhammadqaliy Abilg‘aziyevni qabul qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirini qabul qildi

01.11.2019Siyosat

1-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHTga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun Toshkentga tashrif buyurgan Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Asqar Maminni qabul qildi.

Parlament aʼzolari davlat dasturi bajarilishi yuzasidan hukumat hisobotini eshitdilar

01.11.2019Siyosat

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qaror topgan yangi mexanizm – Bosh vazir va hukumat aʼzolarining Davlat dasturining bajarilishi yuzasidan Oliy Majlis palatalari oldida har chorakda hisobot berib borishi amaliyoti tobora takomillashib bormoqda.

Bitim imzolandi

01.11.2019Siyosat

2019-yilning 31-oktabr kuni TIVda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Buyuk Britaniyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Timoti Torlot O‘zbekiston Respublikasi va Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi o‘rtasida Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar.

ShHT Bosh kotibi bilan uchrashuv

01.11.2019ShHT

2019-yilning 31-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Hukumat rahbarlari (bosh vazirlar) kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan ShHT Bosh kotibi Vladimir Norov bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibini qabul qildi

31.10.2019Siyosat

31-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevni qabul qildi. 

Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, soliq-byudjet siyosati va 2020-yilga mo‘ljallangan parametrlar ko‘rib chiqildi

31.10.2019Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-oktabr kuni makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, soliq-byudjet siyosati, davlat byudjetining joriy yilda kutilayotgan ijrosi va 2020-yilga mo‘ljallangan parametrlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

AQShning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Deniel Rozenblyum Xorazmda

31.10.2019Siyosat

Xorazm viloyati hokimi Farxod Ermanov Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Deniel Rozenblyum bilan uchrashdi.

Yaponiya elchisi Yoshinori Fudjiyama bilan uchrashuv

31.10.2019Siyosat

Bugun yurtimiz tashqi siyosatidagi ijobiy o‘zgarishlar jahon mamlakatlarining O‘zbekiston bilan aloqalarni yanada mustahkamlashga chorlagani bor gap. Ayni paytda mazkur yo‘nalishdagi sa’y-harakatlar tufayli nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasidagi yaqin qo‘shnilarimiz, balki iqtisodiy jihatdan yetakchi davlatlar bilan ham teng manfaatli hamorlik yuqori pog‘onaga ko‘tarilib bormoqda. Jumladan, Yaponiya bilan ham.

TIVda O‘zbekiston-Shveysariya siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

30.10.2019Siyosat

2019-yilning 30-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston-Shveysariya siyosiy maslahatlashuvlarining oltinchi raundi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidenti Turkmaniston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

30.10.2019Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-oktabr kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

TIVda yig‘ilish

30.10.2019Siyosat

2019-yilning 29-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov raisligida kengaytirilgan Hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarining iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish bo‘yicha faoliyati muhokama qilindi.

Turkmaniston Elchisi bilan uchrashuv

29.10.2019Siyosat

2019-yilning 28-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Turkmaniston Favqulodda va Muxtor Elchisi Yazguli Mammedov bilan uchrashdi.

Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziriga maktub

28.10.2019Siyosat

Davlatlararo chegarani demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Tojikiston muzokaralari to‘g‘risida

28.10.2019Siyosat

2019-yilning 24-27-oktabr kunlari Dushanbe shahrida O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasini demarkatsiya qilishning tashkiliy-huquqiy masalalarini kelishish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi delegatsiyalarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.