O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
TIVda yig‘ilish
2019-10-30 | Siyosat
2019-yilning 29-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov raisligida kengaytirilgan Hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarining iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish bo‘yicha faoliyati muhokama qilindi.
Vazir Abdulaziz Kamilov va Bosh vazir o‘rinbosari Elyor G‘aniyevning nutqlarida elchixonalar va konsulxonalarning xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha faoliyati tanqidiy tahlil qilindi.
Majlis ishida xorijdagi diplomatik muassasalarning rahbarlari vidokonferensaloqa orqali ishtirok etdilar.
O‘zbekistonning Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, Ispaniya, Italiya, Ozarbayjon, Polsha, Qozog‘iston, Quvayt va Saudiya Arabistonidagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
Har bir loyihaning amalga oshirish jarayoni alohida tarzda batafsil va tanqidiy ko‘rib chiqildi, muammoli masalalarni hal qilish istiqbollari muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.