O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yaponiya elchisi Yoshinori Fudjiyama bilan uchrashuv

2019-10-31 | Siyosat

Bugun yurtimiz tashqi siyosatidagi ijobiy o‘zgarishlar jahon mamlakatlarining O‘zbekiston bilan aloqalarni yanada mustahkamlashga chorlagani bor gap. Ayni paytda mazkur yo‘nalishdagi sa’y-harakatlar tufayli nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasidagi yaqin qo‘shnilarimiz, balki iqtisodiy jihatdan yetakchi davlatlar bilan ham teng manfaatli hamorlik yuqori pog‘onaga ko‘tarilib bormoqda. Jumladan, Yaponiya bilan ham.

Joriy yilning 30-oktabr kuni Yaponiyaning mamlakatimizga yaqinda tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Yoshinori Fudjiyama Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga tashrif buyurdi va parlament quyi palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov bilan uchrashdi.

Muloqot avvalida Nurdinjon Ismoilov Yoshinori Fudjiyamani mamlakatimizga elchi etib tayinlangani bilan samimiy qutlab, mas’uliyatli va sharafli diplomatik missiyani amalga oshirishida unga muvaffaqiyat tiladi.

Yuqori martabali mehmonga bugungi kunda O‘zbekistonda Harakatlar strategiyasi asosida mamlakat hayotining barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyati xususida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, mamlakatimiz parlamentining qonunchilik faoliyati, norma ijodkorligi, qo‘mita va fraktsiyalari ish uslublari hamda parlamentarizm sohasidagi yangiliklar haqida so‘zlab berildi.

O‘z navbatida, Yoshinori Fudjiyama O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar o‘zining ijobiy samarasini berayotganini e’tirof etdi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga bo‘lajak tashrifiga qizg‘in tayyorgarlik olib borilayotgani hamda ushbu tashrifga alohida e’tibor qaratilayotganini qayd etib o‘tdi.

Suhbat davomida ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari orasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, davlatlarimiz o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni hayotga samarali tatbiq etishda parlament nazorati imkoniyatlaridan unumli foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Поделиться