O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

TIVda O‘zbekiston-Shveysariya siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

2019-10-30 | Siyosat

2019-yilning 30-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston-Shveysariya siyosiy maslahatlashuvlarining oltinchi raundi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov, Shveysariya delegatsiyasiga esa Tashqi ishlar federal departamenti (vazirligi) Davlat kotibi o‘rinbosari Kristina Marti Lang rahbarlik qildi.

Munosabatlarning konstruktiv va o‘zaro manfaatli ekanligi hamda bu turli daraja va shakllarda muloqotni kengaytirishga imkon berishi qayd etildi. Istiqbolli qo‘shma loyihalar bo‘yicha batafsil muzokaralar o‘tkazish, aniq va qat’iy kelishuvlarga erishishga mo‘ljallangan ikki tomonlama biznes tadbirlar tashkillashtirish uchun delegatsiyalar tashriflarini amalga oshirishga tomonlarning tayyorligi ma’lum qilindi.

Muloqot chog‘ida parlamentlararo hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi. Shveysariya vakillari, jumladan parlament a’zolari O‘zbekistonda 22-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan parlament sayloviga kuzatuvchi sifatida taklif etildi.

Muzokaralarda ikki tomonlama savdoni diversifikatsiya qilish bo‘yicha kompleks tadbirlar batafsil tahlil qilindi. O‘zbekiston tomoni Shveysariyaga to‘qimachilik, oziq-ovqat, kimyo va neft-kimyo, sim-o‘tkazgich mahsulotlarini yetkazib berish masalasini ko‘rib chiqishni taklif qildi.

Uchrashuvda ilmiy va ta’lim almashinuvlarini kengaytirish hamda stajirovkalar tashkil qilish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

BMT va uning tuzilmalari hamda boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashildi.

Maslahatlashuvlarda Shveysariya Elchisi Olivye Shav ishtirok etdi.

Поделиться