O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlatlararo chegarani demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Tojikiston muzokaralari to‘g‘risida

2019-10-28 | Siyosat

2019-yilning 24-27-oktabr kunlari Dushanbe shahrida O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasini demarkatsiya qilishning tashkiliy-huquqiy masalalarini kelishish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi delegatsiyalarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasini demarkatsiya qilishning normativ-huquqiy va texnik hujjatlari loyihalari hamda 2020-yildagi uchrashuvlarning reja-jadvali kelishib olindi.

Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarni tasdiqlash uchun Qo‘shma demarkatsiya komissiyasiga kiritish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari To‘lqin Abdullayev va Tojikiston Respublikasi Yer boshqaruvi va geodeziya davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Azizmamad Karimzoda uchrashuv Bayonnomasini imzoladilar.

Uchrashuv do‘stona va hamjahitlik ruhida bo‘lib o‘tdi.

Kelishuvga ko‘ra Qo‘shma demarkatsiya komissiyasining birinchi yig‘ilishi O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkaziladi.

Поделиться