O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AQShning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Deniel Rozenblyum Xorazmda

2019-10-31 | Siyosat

Xorazm viloyati hokimi Farxod Ermanov Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Deniel Rozenblyum bilan uchrashdi.

Viloyat hokimi elchini Xorazmning boy va betakror tarixi, iqtisodiy salohiyati, tashqi savdo aylanmasi, sanoati, transport infratuzilmasi, turizm, qishloq xo‘jaligi, xorijiy investitsiya, ijtimoiy va madaniy-gumanitar sohalari bilan tanishtirdi. AQSh kompaniyalarining elektrotexnika, mashinasozlik, farmasevtika va kimyosanoat sohalaridagi tajribasini yuqori baholagan holda, hamkorlarga ushbu yo‘nalishlardagi loyihalarga investitsiyalar kiritish hamda har ikkala davlat oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish, AQShning turizm biznesi borasidagi tajribasi yordamida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, xususan, Xorazmda Amerikadagi mehmonxonalar tarmoqlari filiallarini tashkil etish taklifini bildirdi.
 
– Xorazm viloyatiga birinchi bor kelishim, - dedi AQShning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Deniel Rozenblyum. –Vohaning o‘ziga xos madaniyati, an’analari va boy tarixi haqida ko‘p eshitganman. Bu zamin Beruniy, Xorazmiy kabi buyuk mutafakkir olimlarni bergani haqida xabarim bor. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik yanada rivojlanishi ikki tomon uchun ham muhim ahamiyatga ega. Barcha sohalarda, xususan, ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarni AQSh qo‘llab-quvvatlaydi va mazkur yo‘nalishda o‘qituvchilar malakasini oshirish, o‘quv dasturlarini takomillashtirishda ko‘mak berishga tayyor.
 
Uchrashuvdan so‘ng elchi Urganch shahridagi “Oxun bobo” masjidi hamda ochiq osmon ostidagi muzey – Xivaning tarixiy yodgorliklarini ziyorat qildi.
 

Shonazar QORIEV, O‘zA

Поделиться