O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziriga maktub

2019-10-28 | Siyosat

Saudiya Arabistoni Podshohligi Tashqi ishlar vaziri

Amir Faysal bin Farhon Ol Saud Janobi Oliylariga


Janobi Oliylari,

Saudiya Arabistoni Podshohligi Tashqi ishlar vaziri etib tayinlanganingiz munosabati bilan Siz Janobi Oliylarini chin qalbimdan muborakbod etib, o‘zimning samimiy tabrik va ezgu tilaklarimni yo‘llashdan bag‘oyat mamnunman.

Aminmanki, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi keng qamrovli va uzoq muddatli hamkorlik aloqalari mamlakatlarimiz manfaatlari yo‘lida yanada izchil va samarali rivojlanib boraveradi.

Fursatdan foydalanib, Siz Janobi Oliylariga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va do‘st Saudiya Arabistoni xalqiga tinchlik-osoyishtalik, taraqqiyot va farovonlik tilab qolaman.

Kamoli ehtirom ila,

Abdulaziz Kamilov,

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri

Поделиться