O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev: eng muhim vazifa - qo‘shimcha qiymat va ish o‘rinlari

28.12.2019Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 dekabr kuni Navoiy viloyatiga tashrif buyurib, «Navoiy» erkin iqtisodiy zonasidagi loyihalar bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidentiga ta’ziya bildirdi

28.12.2019Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Olmaota shahrida ro‘y bergan aviahalokat oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayevga ta’ziya maktubi yo‘lladi. Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning barchasi tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

YXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashuv

27.12.2019Siyosat

2019-yilning 26-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosining (DIIHB) Saylovlarni kuzatish boʻyicha missiyasi rahbari Kayetana de Zulueta Outramni qabul qildi.

Shavkat Mirziyoyev: 2020-yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili boʻladi

27.12.2019Siyosat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar to‘g‘risida

27.12.2019Siyosat

2019-yilning 21-27-dekabr kunlari Qarshi shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo qo‘shma komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Al-Xorazmiy maktabida yangi xorazmiylar kamolga yetadi

27.12.2019Siyosat

Shavkat Mirziyoyev prezidentlik faoliyatining ilk kunlaridayoq yurtimizda kadrlar muammosi borligini aytgan edi. Ko‘p o‘tmay, bu masalani tag zaminidan o‘rganish va hal etish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida mislsiz islohotlar boshlandi.

Ijod maktablarida vatanparvar yoshlar kamolga yetadi

27.12.2019Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi va muzeyni borib ko‘rdi.

O‘zbekiston-Rossiya vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlari to‘g‘risida

26.12.2019Siyosat

2019-yilning 25-dekabr kuni Moskva shahrida O‘zbekiston-Rossiya vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi.

Grant mablag‘laridan samarali foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi

26.12.2019Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-dekabr kuni grant mablag‘larini faol jalb etish va ulardan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Malayziya Bosh vaziri Administratsiyasi huzuridagi Sud-huquq tayyorlov instituti bosh direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

25.12.2019Siyosat

2019-yilning 24-dekabrida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev va Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori Q.Burxonov Malayziya Bosh vaziri Administratsiyasi huzuridagi Sud-huquq tayyorlov instituti bosh direktori Anita Xarun bilan uchrashdi.

Osiyo parlament assambleyasi bosh kotibi bilan uchrashuv

24.12.2019Siyosat

2019-yil 23-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida yurtimizda parlament va mahalliy Kengashlarga saylovda ishtirok etish uchun xalqaro kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan Osiyo parlament assambleyasi bosh kotibi Muhammad Rizo Majidiy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev YXHT Parlament assambleyasi raisini qabul qildi

24.12.2019Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-dekabr kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasi (YXHT PA) raisi Georgiy Seretelini qabul qildi.

O‘zbekiston Prezidenti MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi - Ijrochi kotibini qabul qildi

24.12.2019Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidan kuzatuvchilar missiyasi boshchiligida mamlakatimizda bo‘lib turgan MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi - Ijrochi kotibi Sergey Lebedevni qabul qildi.

Adliya vazirligida xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferentsiyasi Bosh kotibi K. Bernaskoni bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

23.12.2019Siyosat

Joriy yilning 20-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida adliya vaziri R.Davletov va Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferentsiyasi (XXHGK) Bosh kotibi K. Bernaskonining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

MDH mamlakatlari rahbarlarining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tdi

23.12.2019Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining norasmiy majlisida ishtirok etdi.

Prezident Sankt-Peterburgga jo‘nab ketdi

20.12.2019Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunlandi.

O‘zbekiston Prezidenti Yaponiya Imperatori bilan uchrashdi

20.12.2019Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-dekabr kuni Tokio shahrida Yaponiya Imperatori Naruxito bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Respublikasi bilan Yaponiya o‘rtasida strategik sherikchilikni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risida Qo‘shma Bayonot

20.12.2019Siyosat

Yaponiya Bosh vaziri Abe Sindzo taklifiga binoan 2019-yil 17-20-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidentining Yaponiyaga tashrifi munosabati bilan rasmiy qabul marosimi bo‘ldi

20.12.2019Siyosat

Asosiy tadbirlar yakuniga yetgach, Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe va uning rafiqasi Akie Abe tomonidan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva sharafiga tantanali qabul marosimi tashkil etildi.