O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
YXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashuv
2019-12-27 | Siyosat
2019-yilning 26-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosining (DIIHB) Saylovlarni kuzatish boʻyicha missiyasi rahbari Kayetana de Zulueta Outramni qabul qildi.
Kayetana de Zulueta Outram O‘zbekiston tomonining saylovga taklif qilgani va Missiya xodimlarini har qaysi hududda, har qaysi saylov uchastkasida iliq qabul qilishgani uchun minnatdorchilik izhor etdi.
O‘zbekistondagi parlament saylovida birinchi bor YXHT delegatsiyasi kengaytirilgan shaklda ishtirok etdi va u tashkilotning 37 ta ishtirokchi davlatlaridan kelgan 316 nafar kuzatuvchidan, jumladan 271 nafar DIIHB va 45 nafar YXHT Parlament assambleyasi vakillaridan tarkib topdi.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekistondagi parlament saylovini kuzatishning dastlabki natijalari va xulosalari to‘g‘risidagi DIIHB missiyasining 23-dekabrdagi Bayonotiga alohida e’tibro qaratildi. Katta hajmli hujjatda saylov kampaniyasi Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar ruhida o‘tgani qayd etiladi.
Suhbatda saylov qonunchiligini takomillashtirish borasidagi birgalikdagi ishlarning ijobiy natijalari e’tirof etildi va tomonlarning O‘zbekistondagi demokratik jarayonlarni rivojlantirish yuzasidan kelgusida ham hamkorlik qilishga tayyorligi tasdiqlandi.